Sana (arab. — yil) — yil, oy va kun hisobini anglatuvchi atama. Biror hodisaning sodir boʻlgan kalendar vaqtini bildiradi. Tarixiy yozuvlarda, jumladan, kitoblar, hujjatlarda hodisa roʻy bergan vaqt S. sifatida belgilanadi. Ibtidoiy davrlarda S. hisobini olib borishga ehtiyoj boʻlmagan. Jamiyat taraqqiy etishi bilan dehqonchilik, chorvachilik va dengizda suzish ishlari vaqt hisobini aniqroq olib borishni talab qildi. Vaqg oʻlchov birligi qilib tabiiy hodisa, yaʼni Epmmr oʻz oʻqi atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt — sushka olindi hamda uzoq vaqtlar hisobini olib borish uchun kalendar vujudga keddi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil