Ziyorat
Ziyorat — muqaddas joylargl, mozor va qabristonlarga borib muayyan rasm-rusumlarni bajarib kelish. Islom dini aqidasiga koʻra, aziz avliyolarning maqbaralariga ziyorat uchun borganda ularning ruhlaridan madad soʻrashlik, hojatlar ravo qilinishi, dardlarga shifo berilishi, farzand ato etilishi kabi iltijolar nojoizdir. Chunki bu kabi amallarni roʻyobga chiqarish faqat Allohning ixtiyoridadir. Ziyorat qilinuvchilar paygʻambar boʻladimi, avliyo yoki tariqat shayxi boʻladimi, ulardan najot soʻrash oʻrniga haqlariga duoyi xayr qilish, sadaqa-ehson savoblarini ularning ruhlariga hadya etish oʻrinlidir. Islomda shaxsga sigʻinish shirk sanaladi. Muhammad (sav) oʻzlarining bir hadisi shariflarida aytganlar:
Qabristonlarni ziyorat qilib turingizlar, zero u oxiratni eslatadi.
Oxiratni eslash esa kishini yovuzlikdan uzoqlashtirib, ezgulikka yaqinlashtiradi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiiqtibosda Ziyoratga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |