Oʻlmas Mamasodiqovich Rasulov (1951.12.1, Denov tumani) — sozanda (gʻijjak, manzur), xonanda, bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (2005). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1976). Buxoro musiqa bilim yurti (1976—77), Toshkent konservatoriyasi (1987—94), Hamza nomidagi Respublika musiqa kolleji (2002-yildan)da pedagog, Buxoro davlat universitetida dotsent (1995 — 2002) va kafedra mudiri (1995—2000). Ayni paytda "Zarafshon" ansamblit sozanda (1987—94), "Oʻzbek-navo"ning Buxoro viloyati boʻlimida badiiy rahbar (1997—2002), "Dutorchi qizlar" ansamblish maslahatchi (2002-yildan). Sozanda repertuaridan Shashma-qom va Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, oʻzbek xalq ("Azim daryo". "Ende sendek", "Havoyi Eron" va boshqalar) va mumtoz ("Surnay Miskini", "Xaroboti Miskin" kabi) kuylari oʻrin olgan. Xonanda sifatida "Sodirxon Ushshogʻi", "Sigʻmadim" (Mashrab gʻazali), "Or yigʻlaydi" (H.Hudoyberdiyeva) kabi ashu-lalar, Buxoro yoʻllaridan "Zaboniy", Javoniy", "Gul rezi" vokal turkumlarini mahorat bilan ijro etgan.

"Oypalak", "Tavois", "Oʻchayotgan tabas-sum", "Samo" kabi cholgʻu kuy, "Soʻramaysan" (H.Ahmedova sheʼri), "Shiru-shakar", "Ka-rashma" (Na-voiy, Gʻoziy, Nasimiy), "Magar Navroʻz ila bayram" (N avoi y), "Nozik muhammas" (No-zik Bibi Xoʻqandiy) va boshqa ashula hamda turkumlar, shuningdek, "Bobur", "Kecha va kunduz" video-filmlari, "Imom Buxoriy" badiiy filmiga musiqa bastalagan. Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. ijrolari "Oʻlmas Rasulov chaladi" gramplastinka (1984) hamda Oʻzteleradio-kompaniyasi fonotekasiga yozilgan. 1-Respublika maqom ijrochilari tanlo-vi gʻolibi (1983).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil