Petropavl
Petropavlovsk — (qozoqcha: Петропавл) Qozogʻistondagi shahar (1807-yildan). Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazi. Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy qismida va Ishim daryosi oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 204,8 ming kishi (2011-yil 1-iyun).Shaharda Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlovskga 1752-yilda asos solingan.[4]
Petropavl qoz. Петропавл | |
---|---|
shahar | |
54°51′44″N 69°08′27″E / 54.86222°N 69.14083°EKoordinatalari: 54°51′44″N 69°08′27″E / 54.86222°N 69.14083°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Shimoliy Qozog'iston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Zakaryanov Toʻlegen Qabiqenovich |
Asos solingan | 1752 |
Qachondan beri shahar | 1807 |
Maydon | 451,6 km2 |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2012) |
208 362[1] |
Milliy tarkib |
ruslar 66,27 % qozoqlar 21,42 % tatarlar 3,75 % olmonlar 1,59 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7152[2] |
Pochta indeks(lar)i | 150000[3] |
Avtomobil kodi | T, 15 |
AholisiTahrirlash
Shaharning aholisi 204,8 ming kishi (2011 yilgi 1 iyun). Shahar aholisining yarmidan koʻpisini ruslar tashkil etadi. Milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda keltirilgan. (1 yanvar 2010 yilgi)[5][6]:
- ruslar — 129 301 kishi (66,2 %)
- qozoqlar — 41 800 kishi (22 %)
- tatarlar — 7 320 kishi (3,75 %)
- ukrainlar — 5 785 kishi (2,97 %)
- olmonlar — 3 111 kishi (1,59 %)
- beloruslar — 1 283 kishi (0,66 %)
- polyaklar — 900 kishi (0,46 %)
- armanlar — 737 kishi
- tojiklar — 629 kishi
- ozarbayjonlar — 624 kishi
- oʻzbeklar — 600 kishi
- boshqalari — 3019 kishi
- Jami — 195 109 kishi.
IqtisodiTahrirlash
Hozirgi kunda Petropavlovsk Qozogʻistondagi yirik ishlab chiqarish markazlarining biriga aylandi. Shaharda 174 korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek yirik korxonalarga „Evraziya“, „Vita“, „Molochniy soyuz“ AL-lari, non kombinati, liker-araq zavodi, „Sultan“, „Tonus“ v.b. kiradi. Shahar iqtisodining 10 % kichik biznes tashkil qiladi.
SanoatiTahrirlash
Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyasiya materiallari zavodlari, goʻsht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
IqlimiTahrirlash
Shahar iqlimi keskin kontinental. Qishi qahraton sovuq va uzoq (5 oy davomida), yomgʻir kam yogʻadi, yozi issiq, yomgʻir kam yogʻadi.
Petropavl iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha harorat, °C | −18,6 | −14,9 | −8,0 | 3,6 | 12,7 | 18,4 | 24,8 | 16,7 | 10,6 | 3,5 | −8,0 | −13,6 | 2,2 |
Manba: NASA. База данных RETScreen |
MadaniyatiTahrirlash
TeatrlarTahrirlash
- S. Muqanov nomidagi Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qozoq sozli-daram teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qoʻgʻirchoq teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyati N. Pogodin nomli rus drama teatri
MuzeylarTahrirlash
- Shimoliy Qozogʻiston viloyati tarixiy-davlat noma mezeyi
- Viloayt tasviriy sanʼat muzeyi
- „Abilay xonning rezidensiyasi“ muzey kompleksi
KutubxonalarTahrirlash
- Gʻ. Musirepov nomidagi viloyat bolalar-yoshoʻspirimlar kutubxonasi
- I. Shuxov nomli shahar kutubxonasi
- S. Muqanov nomli Shimoliy Qozogʻiston viloyati ilmiy kutubxonasi
Hamdoʻst shaharlarTahrirlash
ManbalarTahrirlash
- ↑ Demografia_2012
- ↑ Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Chislennost naseleniya Respubliki Kazaxstan po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na nachalo 2010 goda
- ↑ Natsionalniy sostav naseleniya Kazaxstana po perepisi 2009
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |