British Broadcasting Corporation (inglizchadan tarjimasi: Britan Tarqatuv Korporatsiyasi), qisqartmasi: BBC (talaffuzi: Bi-Bi-Si), Buyuk Britaniya ijtimoiy tarqatuv korporatsiyasidir.[2] Birlashgan Qirollikda radioeshittirish olib borish uchun tuzilgan. 23 ming nafar xodimi bilan jahondagi eng yirik tarqatuvchi boʻlib turipti.[3][4][5] BBC shtab-kvartirasi Londondagi Broadcasting House binosida joylashgan.

British Broadcasting Corporation (BBC)
Turi Ijtimoiy tarqatuv
Tarmogʻi Butunjahon
Ishga tushgan sanasi 18-oktabr 1922
Joylashuvi London, Angliya
Asoschi(lar)i John Reith
George Villiers
Prezidenti Chris Patten
Xoʻjayinlar Tony Hall (bosh direktor)
Mahsulot(lar)i Tele-, radio-va veb-axborot
Aylanma daromad £5,086 milliard (2011/12)[1]
Ishchilar soni 23 000 (2011/12)
Vebsayti bbc.com

1927-yil Londonda tashkil etilgan. 5 dastur (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) boʻyicha radioeshittirishlar berib boriladi; 1936-yildan 2 kanal boʻyicha teleeshittirish ham (umumiyommabop va madaniymaʼrifiy sohalarda) beriladi. Chet elga eshittirishlar (BiBiSi Umumjahon xizmati) kechakunduz (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda berib, BBC Oʻzbek tahririyati 1994-yil noyabr oyida tashkil etilgan, eshittirishlar oʻzbek tilida olib boriladi. 1996-yil mart oyigacha faqat qisqa toʻlqinda eshittirishlar berilgan boʻlsa, keyinchalik oʻrta va oʻrta qisqa toʻlqinlarda berilmoqda. BBCʼning Oʻzbekiston tahririyati Oʻrta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat oʻzbek tilidan tashqari qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. BBC jahondagi koʻpchilik davlatlarda keng yoyilgan muxbirlik tarmogʻiga ega.

Amerikaliklar orasida sorov otkazilganida BBC ga koproq ishonishi aytilgan.

LogolariTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „Part 2 - The BBC Executive's Review and Assessment“. BBC Annual Report 2011/12. London, United Kingdom: BBC (16-iyul 2012-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2012-yil.
  2. "What is the BBC? Arxivlandi 2010-12-23 Wayback Machine saytida.." BBC. Retrieved 6-yanvar 2010-yil. "British Broadcasting Corporation Broadcasting House, Portland Place, London, W1A 1AA."
  3. „BBC: World's largest broadcaster & Most trusted media brand“. Media Newsline. 5-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil. Arxivlandi 2010-10-05 Wayback Machine saytida.
  4. „Digital licence“. Prospect. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
  5. „About the BBC – What is the BBC“. BBC Online. 16-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
  6. „BBC logo design evolution - Logo Design Love“.
  7. 7,0 7,1 Hayden Walker, History of BBC corporate logos Arxivlandi 4-mart 2012-yil Wayback Machine saytida.. TV ARK. Retrieved 20-noyabr 2010-yil.
  8. 8,0 8,1 „The BBC logo story“ (deadlink). BBC. 14-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-sentabr 2013-yil.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash



Lua error in Module:Asbox at line 244: attempt to call field '_navbar' (a nil value).