Doʻmbira
Doʻmbira (tanbura soʻzidan) — torli chertma xalq musiqa cholgʻusi. Oʻzbek va qozoq kabi Doʻmbira turlari mavjud: 1) oʻzbek Doʻmribasining dastasi silliq, pardalari belgilanmagan boʻladi. Cholgʻuning asosiy qismi (kosaxona va dasta) oʻrik, togʻolcha yoki archa daraxtidan yaxlit tarzda, kosaxonasi oʻyib ishlanadi. Pay torlari kvarta, kvinta, baʼzida oktava oraligida sozlanadi. Diapazoni taxminan 2 oktava boʻladi. Asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari, shuningdek, boshqa vilo-yatlarning ayrim tumanlarida tarqalgan. Mazkur cholgʻudan baxshilar xalq dostonlarini, termalarni kuylashda joʻrovoz sifatida, doʻmbirakashlar esa „Choʻponcha“, „Doʻmbira kuy“, „Baxshi kuy“, „Kelinoy“, „Qoʻngʻiroti“ kabi Doʻmbirasi kuylarini ijro qilishda foydalanadilar. Tashqi koʻrinishi, tuzilishi va tembri Doʻmbirasiga oʻxshash boʻlgan cholgʻu sozlari oltoylarda (topshur), tojiklarda, afgʻonlarda (doʻmbiroq) mavjud; 2) qozoq doʻmbirasi ning 2 asosiy turi mavjud. Gʻarbiy Qozogʻiston D.si noksimon, kosaxonasi oʻyilgan, uzun va tor dastasida 13—14 parda bogʻlanadi. Unda asosan Qoʻrmangʻozi, Dauletkerey, Bayserke, Tattimbet, Qazangʻap kabi qozoq kuyshilari bastalagan cholgʻu kuylari ijro etiladi. Sharqiy Qozogʻiston Doʻmbirasi uchburchak yoki kurakcha shaklida boʻlib, uning nisbatan keng va kalta dastasiga 7—9 parda bogʻlanadi. Koʻprok, oqinpar tomonidan joʻrovoz soz sifatida foydalaniladi. Qozoq Doʻmbirasi ijro usullarining xilmaxilligi, ifodaviy imkoniyatlarining kengligi tufayli qozoklarning eng sevimli xalq hamda professional (18-asrdan) musiqa cholgʻusiga aylangan. 1930-yillardan oʻzbek va qozoq Doʻmbirasining qayta ishlangan turlari (prima, alt, tenor, bas, kontrabas) xalq cholgʻulari orkestrlari tarkibiga kiritildi.
Qozoq doʻmbirasi | |
Turi |
Torli |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Qoʻmuz Qoʻbiz Rubob |
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Karomatov F., Oʻzbekskaya dombrovaya muzika, T., 1962.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |