Parda (musiqada) — 1) torli (dutor, tanbur kabi) cholgʻular dastasini boʻgʻinlarga ajratuvchi toʻsiqlar. Oʻtmishda P.lar ichak yoki ipakdan ishlangan boʻlib, keyinchalik choʻp, metall yoki plastmassadan yasash yoʻlga qoʻyilgan. Sozanda qoʻl barmoqlari bilan torlarni maʼlum P.ga bosib tebratganda muayyan balandlikdagi tovush (ton)ni hosil qiladi; 2) Sharq musiqa nazariyasida P. atamasi maqom, daemon, dastgoh tushunchalari bilan maʼnodosh boʻlib, muayyan balandlikdagi tovushlarni ham ifodalagan. Jumladan, uzbek musiqasida har bir maqomnint bosh P.si shu maqom nomi bilan ataladi (mas, Navo P.si, Rost P.si kabi). [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil