Bosh menuni ochish

Tor — baʼzi musika cholgu asboblari (tanbur, gʻijjak, chang , skripka, royal va boshqalar)da tovush manbai sifatida ishlatiladigan tarang tortilgan ip, sim va h.k. T. qanchalik qisqa, ingichka va materiali pishiq (zich) boʻlsa, uning tebranish tezligi (tovush yoʻgʻoningichkaligi) shuncha yuqori boʻladi. Hozirgi musika cholgʻularida metall (poʻlat), baʼzan ipak, shoyi va sintetik tola (kapron, neylon)dan qilingan T.lar qoʻllaniladi. Koʻpincha past (yoʻgʻon) tovushqator hosil qilish uchun qoʻllaniladigan T.larning ustidan bir yoki ikki qavat sim oʻraladi.