Irtish
Irtish (Irtysh) (qozoqcha: Ертіс, xitoycha: 额尔齐斯河 — É'ěrqísī hé, sibirtatarcha: Иртеш[1]) — Qozogʻiston va RF dagi daryo, Ob daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 4248 km, havzasining maydoni 1643 ming km². Mongoliya Oltoyi togʻlaridan (Xitoyda) boshlanib, Zaysan koʻliga kuyilguncha Kora Irtish deb ataladi. Irtish yuqori oqimida ham tekislikdan, ham togʻlar orasidan oqadi. Oʻskemen GES va Buxtarma GES kurilishi munosabati bilan daryo Oʻskemen shahri gacha yirik suv omboriga aylanib qolgan; Buxtarma suv ombori tarkibiga Zaysan koʻli ham kiradi. Oʻskemendan quyida Irtish vodiysi kengayadi. Shu qismida Irtish ga va uning suv omborlariga oʻngdan Kaljir, Kurchum, Narim, Buxtarma, Ulba, Uba daryolari, chapdan Qizilsuv, Chardaryolari quyiladi. Semeydan quyida Irtish dashtdan oqadi. Bu yerda oʻngda Om, chapda Ishim, Tobol kabi irmoqlari bor. Irtish qor, muz va yomgʻir suvlardan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi Tobolskda 2150m³/sek. Yuqori oqimida noyabr oxirida, quyilish yerida noyabr boshida muz. bilan qoplanib, aprelda muzdan boʻshaydi. Irtish dan Qaragʻanda shahri gacha uz. 451 km kanal qurilgan. Irtish da baliq turi koʻp. Quyilish joyidan 3784 km masofada kema qatnaydi. Irtish boʻyida Oʻskemen, Semey, Pavlodar, Omsk, Tobolsk, Xantimansiysk shaharlari joylashgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida Irtish nomi (vodiy nomi sifatida) "Er-tish" shaklida berilgan.[2]
Irtish | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 4 248 |
Maydoni | 1 643 000 km² |
Suv sarfi | 3 000 m³/s |
Suv oqimi | |
Quyilishi | Ob |
Joylashuvi | |
Davlat | Xitoy, Qozogʻiston, Rossiya |
Irtish |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |