To‘bil (daryo)
(Tobol (daryo)dan yoʻnaltirildi)
To‘bil (Tobol) (qozoqcha: Тобыл Tobyl; sibirtatarcha: Тубыл; ruscha: Тобол) — Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati, RFning Kurgan va Tyumen viloyatlaridagi daryo. Irtishning chap irmogʻi. Uzunligi 1597 km. Havzasining maydoni 426 ming km². Toʻrgʻay platosidan boshlanib, asosan, Gʻarbiy Sibir tekisligidan oʻtadi. Asosiy irmoklari: chapda — Uy, Iset, To‘ra, Tavda; oʻngda— Ubagan. Asosan, qordan toʻyinadi. Oktabr—noyabrda muzlab, aprel—mayda muzi eriydi. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 437 km masofada kema qatnaydi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 805 m³/sek. To‘bil boʻyida Lisyakovsk, Rudniy, Qoʻstonoy, Qo‘rg‘on, Yalutorovsk shaharlari bor. Tobylda (suv bilan taʼminlash va sugʻorish uchun) suv omborlari qurilgan.
To‘bil | |
---|---|
qozoqcha: Тобыл [Tobyl] sibirtatarcha: Тубыл [Tubyl] ruscha: Тобол [Tobol] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 597 |
Maydoni | 426 000 km² |
Suv sarfi | 805 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Qozogʻiston, Rossiya |
To‘bil (daryo) |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |