Daryo havzasi — nam saklaydigan jinslarni oʻz ichiga olgan yer yuzasining bir qismi, undan suv alohida daryo yoki daryo sistemasiga oqadi. Daryo havzasini koʻpincha daryoning suv yigʻish havzasi deyiladi. Har bir daryo havzasi yer usti va yer osti suv toʻplash havzalarini oʻz ichiga oladi. Yer usti suvlari yer yuzasining bir qismini egallab, undan suv daryo sistemasiga yoki aniq bir daryoga oqadi. Yer osti suvlari gʻovak yotqiziqlar qatlamini hosil qilib, undan suv daryo tarmoqdariga boradi. Yer usti havzasi hududi bilan yer osti havzasi hududi birbiriga toʻgʻri kelmaydi. Daryo havzasining yer osti suvlari chegarasini aniklash qiyin boʻlganidan biron daryoga oqar suvlar toʻplanadigan hudud shu daryo havzasi deyiladi. Daryo havzasi bir-biridan suvayirgʻichlar bilan ajralib turadi. Daryo havzasi maydoni turlicha: Amazonka havzasi dunyoda eng katta havza boʻlib, 7180 ming km2, Amudaryoniki esa 465 ming km2.

Daryo havza sxemasi
qizil - daryo havzasi

Dunyoning asosiy havzalariTahrirlash

 
Izohlar
  Atlantika okeani havzasi
  Tinch okeani havzasi
  Hind okeani havzasi
  Janubiy okean havzasi
  Oʻrta dengiz havzasi
  Karib dengizi havzasi

Yana q.Tahrirlash

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Lua error in Module:Asbox at line 244: attempt to call field '_navbar' (a nil value).