Muz kristall qattiq holatdagi suvdir. Tarkibidagi havo miqdoriga qarab qarab shaffof yoki oqish-koʻkish boʻlishi mumkin. Normal atmosfera bosimida suyuq suv muz fazasiga 0 °C (273.15 °K, 32 °F) haroratda oʻtadi. Baʼzan suv gaz holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri muzga aylanishi mumkin (qirov).

Daraxt shoxlaridagi muz.

Muz — qattiq holatdagi suv. M. asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmdagisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida M. dan iborat. Erish temperaturasi — 0°. M.ning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm³, yaʼni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda choʻkmaydi. M.ning molekulyar tuzilishi boʻshliqlarni vujudga keltiradi va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi M.ning erish issikligi 79,4 kal/g, sublimatsiya issikligi (qattiq holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri bugʻga aylanishi) 677 kal/g, issiklik sigʻimi 0,487 kal/g. Toza M. elektr oʻtkazmaydi. M. plastik massa, temperatura pasaygan sari pla-stikligi kamayadi. Yuqori bosim taʼsirida (2000 atm dan boshlab) M.ning yangi krisgalli xillari vujudga keladi. Tabiatdagi M. suvga nisbatan ancha toza boʻladi, chunki M.da moddalar (1MN4Gʻdan tashqari) juda yomon eriydi. M. tarkibida mexanik aralashmalar — qattiq zarralar, konsentratsiyalashgan eritmalarning tomchilari, gaz pu-fakchalari boʻlishi mumkin. Tuz kristallchalari va namakob tomchilari tufayli dengiz muzi shoʻrroq boʻladi. Yer sharida M.ning umumiy zaxirasi 30 mln. km³ chamasida. Quyosh sistemasidagi sayyoralar va kometalarda ham M. borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Yer sharidagi M.ning aksari qismi qutbiy oʻlkalarda, asosan, Antarktidada toʻplangan (bu yerda M.ning qalinligi 4 km ga yetadi). Oʻrta Osiyo togʻlarining dengiz sathidan 3000 m dan baland joylarida muzliklar bor. Tekisliklarda esa qish sovuq kelgan paytlarda daryo va boshqa suv havzalarida paydo boʻladi. Ana shunday paytlarda, mas, Sirdaryo quyilish joyidan boshlab 2000 km masofada M. bilan qoplanadi.

M.ning baʼzi xossalari boshqa moddalar xossalaridan keskin farq qiladi: bu esa tabiat jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. M. suvga nisbatan yengil boʻlganidan suv yuzidagi M.lar daryolarni va boshqa suv havzalarini tubigacha muzlab qolishdan saqlaydi. M. (0,45) va xususan qorning (0,95) yorugʻlikni qaytarish xossasi katta boʻlganidan M. va qor bilan qoplangan hudud (har ikkala yarim shardagi yuqori va oʻrta kengliklarda yiliga oʻrta hisobda 72 mln. km² maydonni M. va qor qoplab yotadi) quyoshdan meʼyordagidan 65% kam issik,lik oladi va yer shari yuzasini sovitib turadigan kuchli manba hisoblanadi: hozirgi iqlim zonalari koʻp jihatdan ana shu manbaga bogʻliq.

Atmosfera, suv ichi va ustidagi, yer yuzasidagi va Yer poʻstidagi M. oʻsimlik hamda hayvonlarning yashash sharoiti va xayot faoliyatiga taʼsir qiladi. M. bir qancha tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi (uchuvchi apparatlar, kemalar, inshootlar, temir yoʻl va tuproqning muzlashi, doʻl urish, qor boʻronlari, qor bosishi, dare oʻzaniga muz tiqilib qolib toshqin boʻlishi, ekinlarni sovuq urishi va h.k.). Bunday zararli hodisalarni oldindan aytib berish, ularga qarshi kurashish va M.dan turli maqsadlarda foydalanish (dalalarda qorni tutib qolish, muzdan kechuvlar, izotermik omborxonalar yasash, omborlarning yuzini qoplash va h.k.), gidrometeorologik va muhandisliktexnik bilimlarning, maxsus xizmatlar (muz razvedkasi, qor koʻchkilarini koʻchirish, doʻlga qarshi kurash ishlari)ning vazifasidir. Sport musobaqalari oʻtkazish maqsadida sunʼiy yaxmalaklar ishlanadi. Tabiiy M.dan oziq-ovqat mahsulotlarini, biologik va tibbiy preparatlarini saqlash hamda muzlatishda foydalaniladi.M.larning yigʻindisi Yerning uzlukli poʻsti — kriosferani xrsil qiladi, ularning eng koʻp soni muzliklar shaklida mavjud. M.ni oʻrganish bilan glyasiologiya, geokriologiya, qisman gidrologiya, meteorologiya va iqlimshunoslik fanlari shu-gʻullanadi.[1]

Tabiatda muz qor, doʻl, qirov, aysberg kabi koʻrinishlarda tarqalgan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil