Shryoder Gerxard (nemischa: Gerhard Schröder ; 1944.7.4, Mossenburg shahri) — Germaniya davlat arbobi. Gyottingen universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1976). 1976-yildan yurist boʻlib ishlagan, soʻng Gannoverda xususiy yuridik ish olib borgan (197890). Sh. 1963-yildan Sotsial-demokratik partiyaning faol aʼzosi, 1978-yildan partiyaning yoshlar tashkiloti — "Yosh sotsialistlar" rahbari. 1980-yildan Bundestag — Germaniya parlamenti quyi palatasi aʼzosi, ayni vaqtda Quyi Saksoniyada Germaniya sotsialdemokratik partiyasi yer tashkiloti, 1986-yil Quyi Saksoniya parlamentida sotsial-demokratik partiya fraksiyasi rahbari, 1990-yildan Quyi Saksoniya yeri vazir-prezidenti, 1998-yil oktabrdan Germaniya Federativ Respublikasi kansleri[1].

Schröder (2016)

Manbalar

tahrir