Gannover — Germaniyadagi shahar, Leyn daryosi boʻyidagi port, Quyi Saksoniya yerining maʼmuriy markazi. 522686 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Maydoni — 204,01 km2. Transport yoʻl va havo yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Sanoat va moliyasavdo markazi. Mashinasozlik, xususan transport mashinasozligi, elektrotexnika, rezina, rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Gannover atrofi GFR dagi yirik neft olinadigan rayon. Gannoverda har yili xalqaro sanoat yarmarkalari oʻtkaziladi. Shaharda texnika, veterinariya, pedagogika. oliy oʻquv yurtlari, musiqa va teatr akademiyasi, metropoliten, universitet, opera teatri, muzeylar va boshqa mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Eski ratusha (1413-55) va Leybnits uyi (1648-52) bor. Gannover 12-asrdan maʼlum. 1866-yildan 1945-yilgacha Prussiyadagi Gannover provinsiyasining maʼmuriy markazi boʻlgan.[1]
Gannoverning hududi 204,15[2] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 55 m balandlikda joylashgan.
1190-yildan 2023-yilgacha boʻlgan aholi soni statistikasi
|
|