İntiqam Yaşar (ozarbayjoncha: Cavanşir İntiqam Yaşar oğlu; 1990-yil 3-oktabr, Gədəbəy tumani) — shoir, publitsist, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2015), Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasining raisi (2019), madaniyat va sanʼat sohasi uchun beriladigan prezident stipendiyasi sohibi[1][2]. Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi kotibi (2021)[3].

İntiqam Yaşar
Asl ismi Cavanşir İntiqam Yaşar oğlu
Tavalludi 3-oktyabr 1990-yil (1990-10-03) (33 yosh)
Gədəbəy tumani
Ijod qilgan tillari Ozarbayjoncha
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Faoliyat turi shoir, publisist
Ilk asari "İlk görüş" asari
Mukofotlari
  • Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligining „Yoshlar mukofoti“ bilan taqdirlangan (2015)
  • Madaniyat vazirligi mukofoti bilan taqdirlangan (2016)
  • Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taʼsis etilgan „Uğur“ mukofoti bilan taqdirlangan (2019)
Samarqand sheʼr oqshomlari
Samarqand sheʼr oqshomlari

Hayoti tahrir

Cavanşir İntiqam Yaşar oğlu, 1990-yil 3-oktyabrda Gədəbəy tumanida tugʻilgan. 1997— 2008-yillarda Gədəbəy tumani Çobankənd qishlog‘idagi o‘rta maktabda oʻqigan. 2008—2012-yillarda Ozarbayjon universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, bakalavr darajasini olgan. 2012— 2013 yillarda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.

Ijodiy faoliyati tahrir

İntiqam Yaşar matbuotda turli mazmundagi maqolalar yozib keladi. Jumladan, „Ulduz“, „Yazı“ jurnallarida va „Ədəbiyyat“, „Aydın yol“, „525-ci qəzet“, „Kaspi“ kabi gazetalarda maqolalari muntazam eʼlon qilib kelinadi. 2012-yilda shoirning „İlk görüş“ nomli sheʼrlar kitobi nashr etilgan. Shuningdek, 2016-yilda „…və susarsan“, 2018-yilda „Evdə yoxam“ kabi sheʼriy kitoblari chop etilgan. İntiqam Yaşar Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining „Eng yaxshi sheʼr“ tanlovida gʻolib boʻlgan.

İntiqam Yaşar, 2009-yildan buyon Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. 2013-yildan buyon majlis aʼzosi, 2016-yildan esa majlis rahbarining oʻrinbosari. Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab loyihalarga rahbarlik qilgan. 2018-yilda O‘zbekistonning Samarqand shahrida tashkil etilgan „Samarqand sheʼr oqshomlari“ xalqaro tadbirida Ozarbayjon nomidan ishtirok etgan[4][5]. 2019-yilda esa Dunyo yosh turk yozuvchilar uyushmasi vakili sifatida Yosh ijodkorlar kengashi tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzolagan.

İntiqam Yaşar Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2015-yilda Ozarbayjon Prezidenti stipendiya jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Shuningdek, 2019-yil 24-iyun kuni Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasining raisi etib saylandi. Shoirning sheʼrlari mahalliy turk tiliga moslashtirilib, O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘istonda nashr etilgan jurnal va antologiyalarda chop etilgan, shuningdek, rus, ingliz, belarus tillariga tarjima qilingan[1][6][7].

Mukofotlari tahrir

  1. 2015-yilda Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligining „Yoshlar mukofoti“ bilan
  2. 2016-yilda Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi mukofoti bilan[8].
  3. 2019-yilda Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taʼsis etilgan „Uğur“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Cavanşir İntiqam Yaşar oglu“. 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  2. „DGTYB konfransı keçirildi - İntiqam Yaşar başqan seçildi“. 2019-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  3. „İntiqam Yaşar“ (2021-yil 2-oktyabr). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  4. „“Самарқанд шеър оқшомлари” туркий тилли ёшлар анжумани бошланмоқда“ (2018-yil 28-noyabr). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  5. „“Səmərqənd Şeir Axşamları” Türkdilli Gənclər Konfransı başa çatdı“ (2018-yil 2-dekabr). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  6. „Gənc şair İntiqam Yaşarın yeni işıq üzü görmüş "Evdə yoxam" adlı şeirlər kitabının təqdimat mərasimi keçirilib“. 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  7. „İntiqam Yaşarın şeirləri“. 2020-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  8. „Gənc şair İntiqam Yaşarın yeni işıq üzü görmüş “Evdə yoxam” adlı şeirlər kitabının təqdimat mərasimi keçirilib“ (2018-yil 11-iyun). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.