Arxangelsk viloyati
Arxangelsk viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. Neneslar muxtor okrugi hamda Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri va Solovki olarini oʻz ichiga oladi. Viloyat shimoliyda Oq, Barens va Kara dengizlarga tutash. Arxangelsk viloyati Rossiyaning aholisi eng siyrak joy-lashgan yerlaridan biri. Aholisi 1 mln. 500 mingdan ortiq (1999), shundan shahar aholisi 1205 ming, qishloq aholisi 419 ming, asosan ruslar, neneslar va komilar. 1937-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 587,4 ming km². Arxangelsk viloyatida 20 ma’muriy tuman, 13 shahar, 40 shaharcha bor. Markazi – Arxangelsk shahriViloyatning markaziy qismi bir necha daryo vodiylari (Shimoliy Dvina va uning irmoqlari) kesib oʻtgan tekislikdan iborat. Uning kattagina qismi botqoqlik, gʻarbiy qismida pastroq qirlar, markazidagi tekislikda Timan kryaji bor. Foydali qazilmalari – koʻmir, torf va gips. Iqlimi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi gʻarbda –12°, sharqda –18*. Iyuliing oʻrtacha temperaturasi viloyat janubida 16°, shimolida 8°. Tez-tez shamol boʻlib turadi; 350–550 mm yogʻin yogʻadi. Muhim daryolari: Shimoliy Dvina, Onega, Pechora; koʻl koʻp (Lacha, Kenozero, Kojo-zero va boshqalar). Tuproqlari gleyli tundra, podzol va botqoqtuproqpar. Igna bargli 658oʻrmonlar bor. Tyulen, tiyin, quyon, oq tulki, suvsar va boshqa yashaydi.Arxangelsk viloyati yogʻoch tayyorlash, yogʻoch-kimyo sanoatini rivojlantirish va yogʻoch-taxta eksport qilishda Rossiyaning muhim rayoni hisoblanadi. Arxangelsk, One-ga, Mezen, Naryan-Mar shaharlarida taxta tilish sanoati rivojlangan. Sanoatining sellyuloza-qogʻoz, gidroliz (Arxangelsk) tarmoqlari, sulfat-spirt olish, yogʻochdan standart uylar tayyor-lash taraqqiy etgan. Kotlasda yirik sellyuloza-qogʻoz kombinati bor. Mashinasozlik, xususan, transport mashinasozli-gi muhim oʻrin tutadi. Arxangelsk va Kotlas shaharlarida kemasozlik va kema tuzatish sanoati rivojlangan. Arxan-gelskda yirik baliq kombinati, Shoyna, In-digi, Naryan-Mar shaharlarida baliq kon-serva zavodlari ishlab turibdi. Boksit zaxiralari asosida rangli metallurgiya rivojlanmoqda.Arxangelsk viloyatida sut chorvachiligi katta urin tutadi. Xolmogori sersut sigirlar zoti Arxangelsk viloyatida yaratilgan. Bugʻuchilik bilan shugʻullaniladi, baliq va dengiz hayvonlari, tiyin va qutb tulkisi ov-lanadi. Gʻalla ekinlaridan suli, arpa, bugʻdoy ekiladi. Asosiy temir yoʻllari: Moskva – Arxangelsk, Konosha – Kotlas, Obozerskaya – Belomorsk. Shimoliy Dvinada kema qatnaydi. Arxangelsk, Onega, Me-zen, Naryan-Mar dengiz portlari bor. Arxangelsk viloyatida umumiy ta’lim maktablari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari, ommaviy kutubxona, klub bor.[1]
Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
Архангельская область Arxangel viloyati | |
---|---|
Arxangel viloyati bayrogʻi | Arxangel viloyati gerbi |
Administrativ markaz | Arxangelsk |
Maydon | 589 913 km² (8chi) |
- suv qismi | 0,2% |
Aholi | 1 159,7 ming kishi (41chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
- zichlik | 1,97 kishi / km² |
YaIM | 355,9 mlrd rub. (28chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
- jon boshiga | 235,3 ming rub. |
Federal okrug | Shimoli-Gʻarbiy |
Iqtisodiy tuman | Shimoliy |
Gubernator | Igor Anatoliyevich Orlov |
Deputatlar majlisi raisi | Vitaliy Sergeyevich Fortigin |
RF subyekti kodi | 29 |
Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
Rasmiy sayt | www.dvinaland.ru |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |