Аdilova Zulfiya Djavdatovna
Аdilova Zulfiya Djavdatovna – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro turizm fakulteti “Turizm va servis” kafedrasi mudiri lavozimida uzoq yillar faoliyat olib borgan. Iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Faoliyati
tahrir- 1995-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan;
- 1995-1998-yillar mobaynida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti;
- 1998-2009-yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi va dotsent lavozimlarida ishlagan;
- 2009-yildan 2015-yilgacha “Turizm” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan;
- 2001-yil nomzodlik dissertatsiyasini, 2008-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
U mamlakatimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, marketing strategiyasi asosida xalqaro bozorlarni tadqiq etish tamoyillariga asos solgan olima ayollardan. Uning ilmiy ishlarining asosiy yo‘nalishlari xalqaro tovarlar va xizmatlar bozorini optimallashtirish, jahon bozorida mahalliy kompaniyalar tomonidan samarali tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, menejment, marketing, turistik xizmat samaradorliligini oshirish mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishlarning rivojlanishiga va yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Ilmiy ishlari
tahrirАdilova Zulfiya Djavdatovna faoliyati davomida 100 ortiq ilmiy ishlar chop ettirdi, jumladan, marketing, menejment, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va turizm sohasiga bag‘ishlangan bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari ishtirokchisi. Hozirgi vaqtga qadar bir qancha ilmiy-fundamental, innovatsion va xalqaro loyihalar rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda. Shular jumlasiga 2012-yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi dasturi asosida ishlab chiqilgan “Sozdanie innovatsionnogo turprodukta programmnoe obespechenie elektronnoy bazi dannix – ekoturistskiy atlas Uzbekistana” mavzusidagi ilmiy-innovatsion loyiha hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus loyihasi doirasidagi 4 yillik “EUROASIA” nomlik dasturi kiradi. Ushbu dastur bo‘yicha Yevropa Ittifoqi oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida tuzilmaviy aloqalarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan bo‘lib, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlarining integratsion hamda kooperatsion aloqalarini yanada takomillashtirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.
Xalqaro aloqalardagi ishtiroki
tahrirZulfiya Аdilova ushbu ilmiy va xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, Аvstriya, Fransiya, Portugaliya, Sloveniya, Rossiya, Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirish va tajriba almashish seminarlarida ishtirok etib kelgan. Shuningdek, Butunjahon turistik tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekturizm” MKsi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, Qozog‘iston iqtisodiyot, menejment va prognozlashtirish instituti, Portugaliyaning Аlgarve turizm universiteti, Sloveniyaning Lyublyana universiteti va boshqa xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 2009-yildan TDIU qoshidagi ixtisoslashgan kengash aʼzosi, 2010-yildan “O‘zbekiston-Indoneziya do‘stlik jamiyati” aʼzosi, “O‘zbekturizm” MKsi qoshida turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash komissiyasi raisi bo‘lgan. U doimo izlanuvchi iqtisodchi olima bo‘lishi bilan bir qatorda marketing, menejment, tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohalari bo‘yicha ilmiy ish bajarayotgan 10 dan ortiq shogirdlarga o‘z bilim, ko‘nikma va tajribasini ulashib, ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislarni shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Z.Аdilovaning ilmiy-pedagogik faoliyati davomida nashr etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari jumladan, “Isteʼmol bozorida marketing”, “Xalqaro bozorlarda marketing strategiyasi”, “Xalqaro bozorlarda marketing strategiyasi: nazariya va amaliyot” monografiyalari, “Tendentsii razvitiya mejdunarodnoy torgovli”, “Ekonomika zarubejnix stran”, “Xalqaro savdoni rivojlantirish tendentsiyalari”, “Mejdunarodniy marketing”, “Mejdunarodnaya biznes strategiya”, “Turizm menejmenti”, “Xalqaro turizm biznesi”, “Menedjment turizma”, “Ekologicheskiy turizm” o‘quv adabiyotlari hamda xorijiy mamlakatlar ilmiy ommabop jurnallarida nashr etilgan “Strategic directions of promotion of export productionon the international markets” (Xitoy), “Promotion of export product on the international markets” (Buyuk Britaniya), “Development perspectives of tourism market in Uzbekistan” (Germaniya) ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
Manbalar
tahrirhttps://scientificjournal.ru/a/112-eko/1589-the-impact-of-the-deve.html
https://journals.researchparks.org/index.php/IJEFSD/article/view/405