Bogotá
Bogota, Santa-Fe-de-Bogota — Kolumbiya poytaxti. Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridagi soylikda (2500 m) joylashgan. Kundinamarka departamenti maʼmurii markazi, alohida maʼmurii birlik — poytaxt okrugini tashkil qiladi. Aholisi 6 mln.dan ortiq (1997, shahar atrofi bilan). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro Eldorado aeroporti bor. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 15°, eng sovuq oyniki — 14°. Bogotaga 1538-yilda ispanlar asos solgan. 1598-yildan ispan generalkapitan ligining, 1739-yildan Yangi Granada vitse-qirolligining poytaxti. 1819-yilda Bogota ispanlardan ozod qilindi va Yangi Kolumbiyaning poytaxtiga aylantirildi. 1831-yildan Yangi Granadaning, 1863-yildan Kolumbiya Respublikasining poytaxti.
Bogotá | |
---|---|
Bgota shahri joylashuvi | |
4°36′34.96″N 74°4′54.30″W / 4.6097111°N 74.0817500°W | |
Federal okrug | |
Tumanlar | 16 tuman |
Hukumat | |
• mer | Samuel Moreno Rojas |
Zichligi | 6950 kishi/km2 |
|
Bogota mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, elektrotexnika, poligrafiya, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo va boshqa sanoat korxonalari bor. Bogota yaqinida rezina shinalar va soda ishlab chiqariladi, zumrad olinadi. Ispanlar mustamlakachiligi davrida va undan keyin qurilgan bir necha meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: Katta sobor (1823-yilda qurib bitkazilgan), SanFransisko sobori (1569—1622), Milliy kapitoliy binosi (1847—1926) va boshqa Bogota oliy oʻquv yurtlari, jumladan Kolumbiya milliy universiteti va boshqa untlar, Kolumbiya akademiyasi, Milliy muzey, Milliy arxeologiya va etnografiya muzeyi, mustamlaka davri sanʼati muzeyi, Oltin muzeyi (indeyslarning qad. oltin buyumlari), Milliy kutubxona, astronomiya rasadxonasi bor.[1]
Bogota - Kolumbiya davlati paytaxti hamda eng katta shahri.
Havolalar
tahrir- Bogota shahrining rasmiy vebsayti(Wayback Machine saytida 2011-07-27 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2011-07-27 sanasida arxivlangan) (isp.)
- Bogota shahri merining rasmiy vebsayti (isp.)
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |