„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali

,
nomi: „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali
mamlakat: Sovet Ittifoqi
Turi: Medal
Kimlarga berilishi: Qizil Armiya, Harbiy-Dengiz floti hamda Sovet Ittifoqi Ichki Ishlar vazirligining Xalq Komissariyati safida bevosita va bilvosita Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan barcha harbiy xizmatchilar va shtat tarkibida oʻz xohishlari bilan qatnashgan shaxslar.
Holat: qoʻllanilmaydi
Taʼsis sanasi: 9-may 1945-yil
Oxirgi taqdirlanganlar soni: 14 933 000 kishi.
Ordenlar orasidagi ahamiyati
Yuqori mukofot: «Sovet Arktikasining Mudofasi uchun» medalidan
kichik mukofot: „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushining 20 yillik gʻalabasi” yubiley medalidan

„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali. 1945-yilning 9-mayidan Sovet Ittifoqining Oliy Kengash prezidiumi tomonidan taʼsis etilgan. Rassomlar E. M. Romanov va I. K. Adrianovlar medal mualliflari hisoblanadi.

„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan taqdirlanganlar:

  • Qizil Armiya, Harbiy-Dengiz floti hamda Sovet Ittifoqi Ichki Ishlar vazirligining Xalq Komissariyati safida bevosita va bilvosita Ulugʻ Vatan urushida gʻalabaga erishishida faol ishtirok etganlar va gʻalabaga erishishda oʻz hissasini qoʻshgan barcha harbiy xizmatchilar va shtat tarkibida oʻz hohishlari bilan qatnashgan shaxslar;
  • Qizil Armiya, Harbiy-Dengiz floti hamda Sovet Ittifoqi Ichki Ishlar vazirligining Xalq Komissariyati safida Ulugʻ Vatan urushi davrida faol ishtirok etib, lekin yaralangani yoki kasalligi tufayli urushdan chetlashtirilgan hamda davlat va partiyaviy tashkilotlar qarori bilan armiya safidan boshqa ishga koʻchirilgan barcha harbiy xizmatchilar va shtat tarkibida oʻz hohishlari bilan qatnashgan shaxslar;

1945-yilning 5-iyulida Sovet Ittifoqining Oliy Kengash prezidiumining medal holatiga yangi qoʻshimchalar kiritish qaroriga muvofiq «1941-45 yil. Ulug' Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g'alaba uchun» medali bilan qoʻshimcha tarzda Sovet Ittifoqi Ichki Ishlar vazirligining va Davlat Havfsizligining Xalq Komissariyati organlari tarkibida xizmat qiluvchi shaxslar taqdirlangan.[1].

„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi va Sovet Ittifoqi medallari orasida «Sovet Arktikasining Mudofasi uchun» medalidan keyin joylashtiriladi.

„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan taqdirlangan shaxslar bir vaqtning oʻzida ushbu yubiley medallar bilan taqdirlanish huquqiga ega boʻlishgan:

Medal borasida

tahrir
 
1946-yildagi Sovet Ittifoqi Pochta markasi

„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali latundan tayyorlanadi va 32 millimetr diametrli toʻgʻri aylana shakliga ega.

Medalning yuz tomonida Iosif Stalin tasviri Sovet Ittifoqi marshali sifatida aks etgan. Medalning yuqori qismida ushbu yozuvlar keltirilgan «НАШЕ ДЕЛО ПРАВОЕ oʻzbekcha: Bizning ishimiz toʻgʻridir», quyi qismida esa «МЫ ПОБЕДИЛИ oʻzbekcha: Biz gʻalaba qozondik» degan yozuvlar bitilgan.

Medalning teskari tomonida esa aylanasiga - «ЗА ПОБЕДУ НАД ГЕРМАНИЕЙ oʻzbekcha: Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun», markazida esa - «В ВЕЛИКОЙ ОТЕЧЕСТВЕННОЙ ВОЙНЕ 1941—1945 ГГ. oʻzbekcha: 1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida», quyi qismida esa besh yulduz aks etgan.

Medal aylana yordamida besh burchakli lentaga ilinadi, lenta 24 millimetrli yupqa mato bilan oʻraladi. Lenta yuzasida beshta eni jihatidan teng polosa bilan qoplangan, ushbu polosalarning uchtasi qora va ikkitasi jigarrangdir. Lentaning chekkalari ingichka apelsin rangli mato bilan qoplagan. Assalomu alaykum manda xam bor

Mukofotlanganlar

tahrir

„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali ommaviy medalga aylangan medallar sarasiga kiradi. Keyinchalik chiqarilgan koʻpgina medallarning aksari faqatgina yubileylar uchun moʻljallangan. 1995-yilning 1-yanvaridagi holatga koʻra ushbu medal bilan taqdirlanganlar soni, taxminan 14 933 000 kishini tashkil qilgan.

Taqdirlanganlar orasida - 120 ming kishi Bolgariya armiyasi harbiy xizmatchilari hisoblanadi. Bolgariya armiyasi nemis armiyasi va uning ittifoqdoshlariga qarshi janglardagi harakatlarda faol ishtirok etishgan.[2].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Сборник законодательных актов о государственных наградах СССР. — М.: Известия, 1987. — 336 с.
  2. Болгарская Народная Армия // Армии стран Варшавского договора. (справочник) / А. Д. Вербицкий и др. М., Воениздат, 1985. стр.38—57