„Garashsizliq“ stadioni
Garashsizliq stadioni (turkcha: Daşoğuz Stadyumu) – Turkmanistonning Toshoʻgʻuz shahridagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari davomida foydalaniladi. Stadion 10 000 kishiga moʻljallangan.
Joyi | Toshoʻgʻuz, Turkmaniston |
---|---|
Koordinatalari | 41°50′25″N 59°58′18″E / 41.840373°N 59.971619°E |
Qachon taʼmirlangan | 2013 |
Egasi | Toshoʻgʻuz hokimligi |
Hajmi | 10, 000 |
Tarix
tahrir2011-yil fevral oyida Rossiyaning „Rus Kurort Stroy“ kompaniyasi stadionni rekonstruksiya qilishni boshlagan[1]. Ish jarayoni noldan boshlanib, katta hajmdagi ish bor boʻlgan[2][3]. 2013-yil iyun oyida stadion toʻliq taʼmirlanganidan soʻng ochilish marosimi boʻlib oʻtgan[4]. Stadion maydon yuzasi yangi maysazor bilan qoplangan, yugurish yoʻlaklari bilan jihozlangan va maxsus reklama shitlari oʻrnatilgan. Stadionda shuningdek maʼmuriy binolar, kiyinish va dush xonalari, ovqatlanish xonasi, matbuot anjumanlarini oʻtkazish zali, tibbiyot punkti bilan ham jihozlangan. Shuningdek stadionda 250 tomoshabinga moʻljallangan ikkita yopiq sport zali, trenajyor va fitnes zallari, murabbiy va hakamlar xonalari, sport anjomlari ombori, voleybol va basketbol maydonlari, tennis kortlari ham mavjud[5].
Yana qarang
tahrirToshoʻgʻuzdagi boshqa stadionlar:
Manbalar
tahrir- ↑ Rekonstruksiya stadiona v g. Dashoguz, Turkmenistan
- ↑ „Rekonstruksiya stadiona „Garashsizlik“ na 10000 mest v oblastnom sentre g. Dashoguz.“. 2017-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
- ↑ „Реконструкция стадиона «Гарашсызлык» на 10000 мест в областном центре г. Дашогуз“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyun.
- ↑ Otkrilsya posle rekonstruksii stadion
- ↑ V Dashoguze rekonstruirovali stariy sportkompleks