№ 3-Hamza nomli umumiy oʻrta maktab

№ 3-Hamza nomli umumiy oʻrta maktab — Qozogʻistonning Qorabuloq qishlog'ida joylashgan[1]. Maktabning rasmiy nomi Hamza nomli umumiy oʻrta maktabdir.

№ 3-Hamza nomli
umumiy oʻrta maktab
Maktab binosining asosiy korpusi
Joylashgan yeri
Qorabuloq, Qozogʻiston
Maʼlumot
Diniy mansublik Hech qanaqa
Asos solingan sanasi 1898-yil
Asoschi Anor domla
Direktor Mavlonqulov Zakir
Til oʻzbek
Average SAT scores =
Average ACT scores =

Tarixi tahrir

1898-yil Qorabuloq qishlogʻidagi ilk maktabdir, uning asosini Anor domla degan kishi ochgan. Maktab boshlanishida „Oqtom“ deb ataldi. 1920-yili u Shoʻro maktabiga aylantirildi. 1936-yilda I.V.Stalin nomi berildi. 1962-yildan beri Hamza nomi bilan ataladi.

Maktab 1500 oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, unda 250 dan ziyod pedagoglar taʼlim bermoqda.

Dars programmasi tahrir

Maktab yili 1-sentabrdan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini beglilashda ishtirok eta olmaydilar.

Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻla olishadi (masalan +4, −5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Maktab 2 mavsumda faoliyat yuritadi. Maktabda ertalabdan tushgacha asosiy darslar oʻtiladi. Tushki tanaffusdan keyin yana bir, ikki yoki uch soat qoʻshimcha darslar oʻtiladi. Bu darslarga qatnashish majburiy. Har bir dars 45 daqiqa davom etadi.

9-sinf oxirida oʻquvchilar davlat imtihonlarini topshirishadi va umumiy oʻrta maktabni bitirishganini tasdiqlovchi attestat olishadi. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas. 11-sinf oxirida ham oʻquvchilar davlat imtihonlarini topshirishadi. Xohlagan oʻquvchilar oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun Umumrespublika Testini topshirishadi. Testlar davlat tili sanalmish qozoq tili va rasmiy til sanalmish rus tilida topshiriladi.

Manbalar tahrir