1881-yilgi Tehron shartnomasi
1881-yilgi Tehron shartnomasi — Rossiya imperiyasi va Forsiya oʻrtasida 1881-yil 9-dekabrda imzolangan „Rossiya va Forsiya oʻrtasidagi Kaspiy dengizining sharqidagi chegaralarni belgilash toʻgʻrisidagi konventsiya“.
1881-yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan soʻng, Fors tomoni bilan Kaspiy dengizining sharqida delimitatsiya qilish boʻyicha muzokaralar boshlandi. Rossiya tomonidan Tehrondagi elchi I. A. Zinovyev, Forsiya — tashqi ishlar vaziri Mirza Saidxon Mutamin-al-Mulk muzokara qildi. Natijada Kaspiy dengizining sharqidagi rus-fors chegarasi belgilandi.
1893-yil 27-maydagi konvensiyaning imzolanishi bilan Oʻrta Osiyoda Rossiya va Fors oʻrtasidagi ohirgi demarkatsiya yakunlandi va 1894-yilda ikki tomonlama chegara masalalari toʻliq hal qilindi.
Tarkibi
tahrirMuqaddima va 9 moddadan iborat.
Matn
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Turkmanistonning Rossiyaga qoʻshilishi: arxiv hujjatlari toʻplami. Ashxobod, 1960-yil.
- Mannanov B. XIX-asr oxiri — XX-asr boshlarida Rossiya-Eron munosabatlari tarixidan. Toshkent, 1964-yil.
- Kulagina L. M., Dunayeva E. V. Rossiya va Eron oʻrtasidagi chegara (shakllanish tarixi). M., 1998-yil.
- Kulagina L. M. Rossiya va Eron (XIX — XX-asr boshlari). M., 2010-yil.