1915-yildagi turkmanlar qoʻzgʻoloni

1915-yildagi turkmanlar qoʻzgʻoloni[1] – Yomud turkmanlarining oʻsha vaqtda Isfandiyorxon hukmronlik qilgan Xiva xonligiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni. Uni markaziy kuchlardan birortasi qoʻllab-quvvatlamadi. Buning sabablari yomut boshligʻi Baxshi Shohmurodning hibsga olinishi bilan izohlanadi. Manbalarda ushbu qoʻzgʻolon mart oyida boshlanib, aprel oyida ham davom etgani qayd etilgan. 1915-yil mart oyida qoʻzgʻolon boshlanib, 22-martda Junaydxon boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar qoʻshinlari poytaxt Xivaga hujum qiladilar. Baxshi Shohmurodning hibsdan qochishiga yordam berish uchun isyonchilar tarafdori boʻlgan rus intervensiyasi Junaydni qoʻzgʻolonni qayta tiklashga ishontirdi va 9-aprelga kelib Xivanning bir qancha qishloqlari uning nazorati ostida boʻldi. Iyun oyi boshida turkman vakillari Rossiya tomonidan tinchlik konferensiyasida davlatlar aro oʻzaro muzokaralarni oshirish, ushbu muzokaraga qoʻshilish uchun taklif qilingan, biroq muzokaraga ishonmagan amaldor va boshliqlar Xivadan 32 km shimoli-gʻarbda toʻxtab qolishgan va 7-iyunda xon qoʻshinlari tomonidan hujumga uchragan. Qoʻzgʻolon oxir-oqibat rus general-mayori Geppener 1915-yil 30-iyun kuni tinchlik shartnomasiga imzolashi, oʻzaro bitim tuzishi, Xiva hukumati Yomud Turkomonning noroziligi sabablarini bartaraf etish choralarini koʻrishga vaʼda bergani bilan tugadi[1]. Ushbu qoʻzgʻolon davomida jangchilardan necha nafari jabrlangan va vafot etganligi haqida aniq bayon qilinmagan.

1915-yildagi turkmanlar qoʻzgʻoloni
Sanalar 1915-yil
Urush yeri Xiva
Sabab yomut boshlig'i Baxshi Shohmurodning hibsga olinishi
Natija rus general-mayori Geppener 1915-yil 30-iyun kuni tinchlik shartnomasi tuzgach, Xiva hukumati Yomud Turkomonning noroziligi sabablarini bartaraf etish choralarini koʻrishga vaʼda bergani bilan tugadi

Manbalarda qayd etilishicha, Seymur Bekkerning bergan maʼlumotida Rossiya davlatining bunday katta qoʻzgʻolonda Isfandiyorga harbiy yordam joʻnatishdan bosh tortganini taʼkidlagan boʻlsa,[1] boshqa manbada, xususan, Edvard Sokolning bergan axborotida rus qoʻshinlari Xiva shahridagi qoʻzgʻolonchilarning hujumini qaytarishda yordam berganini taʼkidlaydi[2].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Becker, Seymour. Russia's Protectorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865-1924 (en). Routledge, 2004-08-02 — 181, 182, 183 bet. ISBN 9781134335831. 
  2. Sokol, Edward Dennis. The Revolt of 1916 in Russian Central Asia (en). JHU Press, 2016 — 136 bet. ISBN 978-1-4214-2050-9.