1951-yilgi Germaniya Gran-prisi
1951-yilgi Germaniya Gran-prisi — 1951-yil 29-iyulda Nyurburgring Nordshleyfeda boʻlib oʻtgan Formula 1 avtopoygasi edi. Shuningdek, bu poyga 1951-yilgi poygachilar jahon chempionatining 6-poygasi edi.
Poyga tafsilotlari
tahrirGermaniya Gran-prisida Alfa Romeo jamoasi yana toʻrtta mashinani maydonga tushirdi, mahalliy haydovchi Paul Pietsch Consalvo Sanesi oʻrniga qatnashdi. Qolgan uch ishtirokchi Fangio, Farina va Bonettolar edi. Silverstoundagi ilk gʻalabasidan soʻng Ferrari ham toʻrtta poygachi bilan ishtirok etdi. Ular Piero Taruffi, Ackari, Villoresi va Britaniya Gran-prisi gʻolibi José Froilán Gonzálezlar edi. Ferrari avvalgi musobaqadagi kabi yaxshi formasini davom ettirdi, Ascari va José Froilán González saralashning eng tezkor ikki poygachisi boʻldi. Fangio va Farina oldingi qatorni, Villoresi, Taruffi va Pietsch ikkinchi qatorni egallashdi.
Dastlab Nino Farina oldinga chiqdi, biroq birinchi davra oxirida Fangio, Ascari va Froilán González undan oʻtib ketdi. Paul Pietsch beshinchi boʻlib harakat qildi. Ikkinchi davra boshlanganda qolgan poygachilar ham faollashdi va yetakchilarni orqa tomonidan yetib keldi. Farina haddan tashqari issiqlik bilan bogʻliq muammolar tufayli poygadan chiqishga majbur boʻldi. Fangio Ferrari haydovchilari bilan kurash olib boradigan yagona Alfa Romeo poygachisi sifatida qoldi. Alberto Ascari Fangioning birinchi pitstopi natijasida beshinchi davrada oldinga chiqdi, biroq Ascari pitstopga chiqqanida Fangio yana peshqadamlikka qaytdi. Alfaga ikkita pitstop kerak edi. Ferrarida esa bitta pit-stop bor edi. Fangio ikkinchi toʻxtashdan keyin peshqadamlikni saqlab qolishni istasa, ikkinchi stadda katta ustunlikni yaratishi kerak edi. U buni uddalay olmadi, Ascari poyganing oʻn beshinchi davrasida peshqadamlikni qaytarib oldi. Dvigatelning noto‘g‘ri ishlashi tufayli Ascari kichik muammoga duch keldi, ammo Fangio foydalana olmadi[1].
Ascarining gʻalabasi uni chempionat jadvalida ikkinchi pogʻonaga olib chiqdi va oldingi poygadagi peshqadamlikni davom ettirgan Fangiodan oʻn ochko ortda qoldi.
Ishtirokchilar
tahrirSaralash
tahrirMusobaqadan keyingi umumiy jadval
tahrirOʻrin | Poygachi | Ball | |
---|---|---|---|
1 | Juan Manuel Fangio | 27 (28) | |
4 | 2 | Alberto Ascari | 17 |
1 | 3 | José Froilán González | 15 |
2 | 4 | Nino Farina | 15 |
2 | 5 | Luigi Villoresi | 15 |
Manbalar:[5] |
Manbalar
tahrir- ↑ „German GP, 1951 Race Report“. Grandprix.com. Qaraldi: 2012-yil 11-avgust.
- ↑ „1951 German Grand Prix - Race Entries“. manipef1.com. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „1951 German GP - Entry List“. chicanef1.com. Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.
- ↑ „Germany 1951 - Qualifications • STATS F1“. www.statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
- ↑ „Germany 1951 - Championship • STATS F1“. www.statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.