1951-yilgi Ispaniya Gran-prisi
1951-yilgi Ispaniya Gran-prisi — 1951-yil 28-oktyabrda Pedralbes trassasida boʻlib oʻtgan Formula 1 avtopoygasi edi. 1951-yilgi Ispaniya Gran-prisi 1951-yilgi poygachilar jahon chempionatining sakkizinchi va oxirgi poygasi edi.
1951-yil Ispaniya Gran-prisi | |||
---|---|---|---|
Poyga tafsilotlari | |||
Sana | 28-oktyabr, 1951-yil | ||
Rasmiy nomi | Ispaniya Gran-prisi | ||
Joylashuvi | Pedralbes trassasi, Barselona, Kataloniya | ||
Trassa uzunligi | 6.316 km (3.925 mil) | ||
Masofa | 70 aylanish, 442.120 km (274.721 mil) | ||
Ob-havo | Issiq | ||
Pole pozitsiyasi | |||
Vaqt | 2:10.59 | ||
Fastest lap | |||
Driver | Juan Manuel Fangio | Alfa Romeo | |
Vaqt | 2:16.93 | ||
Shohsuppa | |||
Birinchi | Alfa Romeo | ||
Ikkinchi | Scuderia Ferrari | ||
Uchinchi | Alfa Romeo |
Bu poyganing oʻziga xosligi jamoalar turli xil yangi shinalardan foydalanishdi. Ferrari 16 dyuymli orqa gʻildirakni tanladi, Alfa Romeo esa 18 dyuymli gʻildirakni tanladi. Bu tanlovlar esa ikki variantdan eng yaxshisi qaysi ekanligini isbotlashga yordam berdi. Juan Manuel Fangio poyga oldidan Alberto Ascaridan ikki ballga oldinda borayotgan edi. Ascari poygani Jose Froilán Gonzálezdan bilan birgalikda boshqarib bordi, ammo Ferrarilar koʻplab texnik muammolarga duch keldi. Piero Taruffi 6-davrada shina bilan bogʻliq muammoga duch kelgan boʻlsa, 7-davrada Luigi Villoresida ham xuddi shu holat takrorlandi. Ascari 8-davrada va Gonzalez 14-davrada keraksiz pit-stop qilishga majbur boʻldi. Shuningdej, Ferrarining boshqa poygachilari ham shinalarini almashtirish uchun tez-tez toʻxtab turishga majbur boʻldi. Bu esa Fangioga bemalol poygada gʻalaba qozonishga imkon yaratdi. Ascari yakunda 4-oʻrinni egalladi. Umumiy natijalarda Fangioniga yetolmadi. Musobaqadan soʻng, Alfa Romeo moliyaviy muammolar tufayli 1952-yilgi mavsumda ishtirok etmasligini eʼlon qildi. 1951-yilgi poygachilar jahon chempionatida Juan Manuel Fangio 31 ball bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Alberto Ascari, uchinchi oʻrin José Froilán González boʻldi. Nino Farina, José Froilán González, Juan Manuel Fangio poygada belgilangan 70 davrani toʻliq yakunlashgan. 1951-yilgi Ispaniya Gran-prisida foydalanilgan Pedralbes trassasining umumiy uzunligi 6.316 kmni tashkil etgan. Poygachilar 442.120 km masofani bosib oʻtishgan.
Ishtirokchilar
tahrirSaralash
tahrirMusobaqadan keyingi umumiy jadval
tahrirOʻrin | Poygachi | Ball | |
---|---|---|---|
1 | Juan Manuel Fangio | 31 (37) | |
2 | Alberto Ascari | 25 (28) | |
3 | José Froilán González | 24 (27) | |
4 | Nino Farina | 19 (22) | |
5 | Luigi Villoresi | 15 (18) | |
Manba:[3] |
Manbalar
tahrir- ↑ „1951 Spanish Grand Prix - Race Entries“. manipef1.com. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „1951 Spanish GP - Entry List“. chicanef1.com. Qaraldi: 2013-yil 11-dekabr.
- ↑ „Spain 1951 - Championship • STATS F1“. www.statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.