1952-yilgi Niderlandiya Gran-prisi
1952-yilgi Niderlandiya Gran-prisi — 1952-yil 17-avgustda Zandvoort trassasida boʻlib oʻtgan Formula 2 poygasi hisoblanadi. Bu poyga 1952-yilgi poygachilar jahon chempionatining 7-poygasi boʻlgan. Unda har bir Gran-prilarda odatda qoʻllaniladigan Formula 1 qoidalari emas, balki Formula-2 qoidalari qoʻllangan. 90 davrali poygada Ferrari piloti Alberto Ascari gʻalaba qozondi. U poygani oldingi pozitsiyadan boshlagan. Uning jamoadoshlari Giuseppe Farina va Luigi Villoresi ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egalladi. Ascari bu poygada yettinchi gʻalabasini kiritdi. Alberto ushbu poygada eng koʻp gʻalaba qozonish boʻyicha Fangioning rekordini ortda qoldirdi.
Poyga tafsilotlari
tahrir1951-yilgi mavsumning soʻnggi bosqichidan beri jahon chempionatida ishtirok etmagan Luigi Villoresi tarkibga qaytdi. Charles de Tornaco Zandvoort jamoasi tarkibida ishtiro etgan. Gordini oldingi musobaqadagi bir xil uch haydovchisi, fransuz triosi hisoblangan Behra, Manzon and Trintignantlar bilan qatnashgan. Belgiyalik haydovchi Pol Frère esa Simca-Gordini jamoasi bilan ishtirok etdi. HWM jamoasi britaniyalik Lance Macklin va Duncan Hamilton, shuningdek, mahalliy haydovchi Dries van der Lof bilan hamkorlik qildi. Gollandiyalik poygachilardan Chico Landi va Gino Biancolar bor edi. Maserati jamoasi Germaniyadagi omadsiz ishtirokidan soʻng keyingi poygada ishtirok etmasligini eʼlon qildi.
Ferrarilar saralash bosqichida yana bir bor ustunlik qildilar. Ascari mavsumdagi toʻrtinchi eng yaxshi saralash natijasini qayd etdi. U Farinani ikkinchi pogʻonada ortda qoldirdi. Mike Hawthorn saralash bahslarida oʻzini toʻliqligicha koʻrsata oldi. Saralash sinovlarida yaxshi natija qayd etolmagan Behra va Manzon poygani ikkinchi qatordan boshladi. Ferrarilar 1-2-3-oʻrinlarni egalladi[1].
Farina shohsupaga ko‘tarilib, chempionatida ishtirok etmagan Taruffidan o‘zib ketdi va ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ishtirokchilar
tahrirSaralash poygasi
tahrirOʻrin | No | Poygachi | Konstruktor | Aylanish | Farq |
---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | Alberto Ascari | Ferrari | 1:46.5 | - |
2 | 4 | Nino Farina | Ferrari | 1:48.6 | + 2.1 |
3 | 32 | Mike Hawthorn | Cooper-Bristol | 1:51.6 | + 5.1 |
4 | 6 | Luigi Villoresi | Ferrari | 1:51.8 | + 5.3 |
5 | 12 | Maurice Trintignant | Gordini | 1:53.0 | + 6.5 |
6 | 8 | Jean Behra | Gordini | 1:54.5 | + 8.0 |
7 | 34 | Ken Wharton | Frazer-Nash-Bristol | 1:54.7 | + 8.2 |
8 | 10 | Robert Manzon | Gordini | 1:54.8 | + 8.3 |
9 | 26 | Lance Macklin | HWM-Alta | 1:55.2 | + 8.7 |
10 | 28 | Duncan Hamilton | HWM-Alta | 1:55.8 | + 9.3 |
11 | 14 | Paul Frère | Simca-Gordini-Gordini | 1:58.2 | + 11.7 |
12 | 18 | Gino Bianco | Maserati | 1:58.4 | + 11.9 |
13 | 22 | Ken Downing | Connaught-Lea-Francis | 1:58.6 | + 12.1 |
14 | 30 | Dries van der Lof | HWM-Alta | 1:59.4 | + 12.9 |
15 | 20 | Jan Flinterman | Maserati | 2:01.8 | + 15.3 |
16 | 16 | Chico Landi | Maserati | 2:02.1 | + 15.6 |
17 | 24 | Charles de Tornaco | Ferrari | 2:03.7 | + 17.2 |
18 | 36 | Stirling Moss | ERA | 2:04.5 | + 18.0 |
Musobaqadan keyingi umumiy jadval
tahrirOʻrin | Poygachi | Ball | |
---|---|---|---|
1 | Alberto Ascari | 36 (45) | |
1 | 2 | Nino Farina | 24 |
1 | 3 | Piero Taruffi | 22 |
4 | Rudi Fischer | 10 | |
2 | 5 | Mike Hawthorn | 10 |
Manbalar: [4] |
Manbalar
tahrir- ↑ „Dutch GP, 1952 Race Report“. Grandprix.com. Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
- ↑ „1952 Dutch Grand Prix - Race Entries“. manipef1.com. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „1952 Dutch GP - Entry List“. chicanef1.com. Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
- ↑ „Netherlands 1952 - Championship • STATS F1“. www.statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.