1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi
1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati ikkinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib Shvetsiyada boʻlib oʻtdi[1] va unda birinchi marta Yevropa davlati, Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻalaba qozondi. Natijada Norvegiya ayollar terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kubogini yutgan birinchi Yevropa davlati boʻldi[2][3][4]. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltita qitʼa konfederatsiyalaridan jami 12 nafar ayollar terma jamoasi ishtirok etdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 12 ta jamoa toʻrt kishilik uchta guruhga boʻlindi va har bir guruh davra boʻyicha turnir oʻtkazishgan[5]. Guruh bosqichining oxirida har bir guruhdan eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoa va ikkita eng yaxshi natija koʻrsatgan uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar chorak finaldan boshlanib, 1995-yil 18-iyunda Råsunda stadionida boʻlib oʻtgan final bilan yakunlangan 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichiga yoʻl oldi[6].
Shvetsiya 1958-yilgi erkaklar FIFA Jahon chempionati va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan birinchi davlat Yevropa davlati boʻldi[7].
Avstraliya, Kanada va Angliya terma jamoalari[8] 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, shuningdek, 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga saralash vazifasini ham oʻtab berdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining sakkizta chorak finalchi jamoasi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga taklif qilindi[9]. 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan farqli ravishda ayollar oʻrtasidagi ikkinchi Jahon chempionatida oʻyinlar standart 90 daqiqaga uzaytirildi[5] va guruh bosqichidagi gʻalaba uchun uch ochko berildi[10].
↑Williams, Jean. A Beautiful Game: International Perspectives on Women's Football. Berg Publishers, 1-noyabr 2007-yil — 4-bet. ISBN 978-1-84788-345-2. „Some of the terms and conditions had been changed this time: 90 minutes of play instead of 80 in China, a full group of 20 players instead of 18, three points for a win, and the experiment with time out.“