2022-yil aprel oyidagi Kobul masjidi portlashi
Kobul sunniylar masjidi portlashi 2022-yilning 29-aprel kuni erta tongda sodir etilgan, voqea natijasida kamida 10 kishi halok boʻlgan[1].
Tafsilotlar
tahrirPortlash 2022-yilning aprel oyida, musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida sodir boʻlgan hujumlarning soʻnggisi hisoblanadi. Hujumlarning aksariyatini Iroq va Shom Islom Davlati va uning boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan, shuningdek, ularning hujumdan koʻzlagan asosiy maqsadi shia va tasavvuf fuqarolarini nishonga olish boʻlgan. Portlash natijasida kamida 70 kishi halok boʻlgan. Ushbu hujum AQSh qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilishidan keyingi mamlakatdagi eng qonli hujumlardan biriga aylangan[2][3]. Bundan oldin sodir etilgan eng daxshatli hujum esa Qunduzdagi portlash boʻlgan.
Namozxonlar baʼzi radikal sunniy guruhlar tomonidan bid’at deb hisoblangan zikr namozlari uchun masjidga toʻplanishgan[4].
Hujum
tahrirMasjid portlatilishi soat 14:00 atrofida Kobuldagi Xalifa Ogʻa Gul Jan masjidida yuz bergan, u yerda namoz oʻqish uchun yuzlab jamoatchilar yigʻilgan[5]. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Muhammad Nafi Takor hujum natijasida masjidda oʻn nafar namozxon halok boʻlganini tasdiqlasa, masjid rahbari Sayid Fozil ogʻaning aytishicha, 50 dan ortiq kishi halok boʻlgan[6]. Politsiya rahbari matbuot kotibi Xolid Zadran bergan maʼlumotlarga koʻra 30 ga yaqin odam turli darajada jarohat olgan[7].
Xalifa Ogʻa Gul Jan va bir qator guvohlar hujumni xudkush terrorchilar amalga oshirganini aytishgan[8]. Hujum uchun javobgarlikni Iroq va Shom Islom Davlati terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan[9].
Voqeaga nisbatan munosobatlar
tahrirTolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid uyushtirilgan ushbu hujumni qoralab, mamlakatda bundan keyin adolat oʻrnatishga vaʼda bergan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu masjidga uyushtirilgan hujumni qattiq qoralagan, shuningdek, hujumni „dahshatli“ va „toʻxtovsiz xavfsizlik va zoʻravonliklarga duchor boʻlayotgan Afgʻoniston xalqiga yana bir ogʻriqli zarba“ deya taʼriflaydi. BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili oʻrinbosari Mette Knudsen voqeani „razillik“ deya baholaydi[10].
Manbalar
tahrir- ↑ „Blast at Kabul mosque kills more than 50 worshippers“. The Guardian (2022-yil 29-aprel). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Powerful explosion at Kabul mosque kills at least 10 people“ (en). AP NEWS (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
- ↑ Goldbaum, Christina; Rahim, Najim. „Mosque Explosion Kills 33 as Deadly Week in Afghanistan Continues“ (en-US). The New York Times (2022-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
- ↑ Kabul. „Blast at Kabul mosque kills more than 50 worshippers“ (en). the Guardian (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
- ↑ „Afghanistan: At least 10 killed in explosion at Kabul mosque“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ „Blast kills more than 50 at Kabul mosque, its leader says“ (en). Reuters (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ „Powerful explosion at Kabul mosque kills at least 10 people“ (en). AP NEWS (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ „Blast kills more than 50 at Kabul mosque, its leader says“ (en). Reuters (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ „ISIS claims attack on Kabul mosque“ (2022-yil may).
- ↑ „Blast kills more than 50 at Kabul mosque, its leader says“ (en). Reuters (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.