44 kun“ – shoira va tarjimon Xosiyat Rustamovaning sheʼriy doston, maqola va kundaliklar iborat asari. Asarning asosiy mavzusi Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida yuz bergan 44 kunlik urushdir[1].

„44 kun“
Asl nomi 44 gün
Muallif(lar) Xosiyat Rustamova
Muharrir(lar) Ganira Pashayeva
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbekcha
Ozarbayjon tili
Nashr etilgan sanasi 2021
Sahifalar soni 140

Nashr etilishi tahrir

Asar 2021-yil Oʻzbekistonning Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi Ozarbayjon madaniyat markazi tashabbusi bilan nashr etilgan. Kitobga Ganira Pashayeva va shoir-tarjimon Faxriyor adabiy maslahatlar berishgan.

Mavzusi tahrir

Asar VI qismdan iborat. Birinchi qism „Ismi Lola edi u qizning“ dostoni bilan boshlanadi. Shundan soʻng unda „44 kunlik notinch kunlar“, „Tushlarimga kirar Qorabogʻ“ kabi boʻlimlar mavjud. Shuningdek, kitobning „Tushlarimga kirar Qorabogʻ“ boʻlimida zamonaviy ozarbayjon yozuvchilari Xosiyat Rustamovaga bagʻishlangan xotiralarini yozib qoldirishgan. Soʻnggi boʻlim shoiraning tarjimai holiga bagʻishlangan[2].

Manbalar tahrir