Ganira Pashayeva (ozarbayjoncha: Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı; 1975-yil 24-mart, Düz Qırıqlı,Tovuz — 28-sentyabr 2023-yil, Boku, Ozarbayjon) — ozarbayjonlik siyosatchi, jurnalist, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati[1].

Ganira Pashayeva
ozarb. Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı
 Milliy Majlisning Madaniyat qo‘mitasi raisi
 
Mansab davri
2005-yil – 2023-yil
 Haydar Aliyev jamgʻarmasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi
 
Mansab davri
2005-yil – 2023-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-dekabr 1975-yil
Tovuz tumani, Düz Qırıqlı qishlogʻi, Ozarbayjon SSR, SSSR
Vafoti 28-sentyabr 2023-yil(2023-09-28)
(47 yoshda)
Boku, Ozarbayjon
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Siyosiy partiyasi Partiyasiz
Bolalari qizi: Firuza
Taʼlim Ozarbayjon tibbiyot universiteti
Mukofotlari
Imzosi

Tarjimai holi tahrir

Ganira Pashayeva 1975-yil 24-martda Tovuz tumanining Düz Qırıqlı qishlog‘ida tug‘ilgan. Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetining Pediatriya fakultetini va Boku davlat universitetining Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.

Oʻlimi tahrir

Ganira Pashayeva 23-sentyabr kuni sogʻligʻida yuz bergan jiddiy muammolar tufayli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan edi. Kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan gipotonik xastalik tashxisi qoʻyilgan Ganira Pashayevaning sogʻligʻi ogʻirligi sababli Markaziy klinik shifoxona tibbiyot xodimlari va Turkiyadan jalb etilgan tibbiyot mutaxassislari tomonidan barcha zarur choralar koʻrildi. 2023-yil 28-senytabr kuni Ganira Pashayeva 48 yoshida vafot etdi. Pashayeva 2023-yil 29-sentabrda İkinci Fəxri Xiyabanga dafn etilgan[2].

Vasiyatnoma tahrir

Pashayeva oʻlimidan soʻng oʻz tana aʼzolarini muxtoj bemorlarga topshirishni vasiyat qilib qoldirgan[3]

Oilasi tahrir

Ganira Pashayevaning Firuza ismli qizi bor[4].

Jurnalistlik faoliyati tahrir

1998-yildan ANS (Azerbaijan News Service) telekompaniyasida reportyor, muxbir, muharrir, katta muharrir, bosh muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari, yangiliklar bo‘limi bosh muharriri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2005-yilda u Haydar Aliyev jamgʻarmasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Siyosiy faoliyati tahrir

Ganira Pashayeva Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining III, IV, V va VI chaqiriqlari deputati. Milliy Majlisning Madaniyat qo‘mitasi raisi.

Somalidagi shifokorlik faoliyati tahrir

2012-yilda Somalida ikki hafta pediatr sifatida faoliyat yuritgan va mahalliy aholiga yordam bergan.

Mukofotlari tahrir

Ganira Pashayeva Gurjistonning faxriy fuqarosi[5]. Oshiq Alasgar 200 yilligi yubiley medali bilan taqdirlangan (29.12.2021). 2011-yil 30-sentabrda “İslahatçı Gənclər” ijtimoiy birligi tomonidan Ganira Pashayeva “Xəzər” milliy mukofoti bilan taqdirlangan[6].

Kitoblari tahrir

Filmografiyasi tahrir

  1. "Apreldən əvvəl may... Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti" (film, 2001)
  2. "Erməni soyqırımı. Türkün sözü" (film, 2001)
  3. "Mənə inanın!" (film, 2007)
  4. "Ruhum qarabağlıdır" (film, 2012)

Manbalar tahrir

  1. „Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı“. www.meclis.gov.az. 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Qənirə Paşayeva dəfn edildi - YENİLƏNİB“ (az). Oxu.Az (2023-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  3. „Сўнгги яхшилик. Ганира Пашаеванинг васиятномаси эълон қилинди“. Qaraldi: 28-aprel.
  4. „Qənirə Paşayeva Somalidə həkimlik edəcək“. 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-avgust.
  5. „Qənirə Paşayeva "Gürcüstanın Fəxri Vətəndaşı" oldu“. 2010-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-mart.
  6. „Qənirə Paşayeva kimdir?“.
  7. Real TV. „Millət vəkili Qənirə Paşayevanın kitabı Təbrizdə nəşr edilib“ (az). Youtube.com (2020-yil 30-iyul). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  8. ATV. „"Türk ruhunun söz bayrağı Əhməd Cavad" kitabının təqdimatı olub“ (az). Youtube.com (2022-yil 15-avgust). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.

Havolalar tahrir