9-May koʻchasiOʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan koʻchalaridan biridir. 9-May koʻchasi Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan boʻgliq boʻlib nomlangandir. Oldin ushbu kun Oʻzbekistonda Gʻalaba kuni deb nomlangan edi va koʻplab davlatlarda haligacha shunday nomlanib kelmoqda. Koʻcha Munavvarqori mahallasining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan. Koʻcha juda kichikdir va u 130 metr atrofida boʻlib Feruza koʻchasidan Oyimariq 1-tor koʻchasigacha choʻziladi[1].

9-May koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Mahallalar Munavvarqori mahallasi
Uzunligi 138 m

Koordinatalari: 41°21′17″N 69°22′16″E / 41.35472°N 69.37111°E / 41.35472; 69.37111 G O

Tarixi va nomi tahrir

Koʻchaning nomi Xotira va qadrlash kuni bayramiyga bagʻishlanib nomlangan. Ushbu kun Oʻzbekistonda 9-mayda nishonlanadi va OʻzSSRning Ikkinchi Jahon Urushida qatnashgani bilan loyiqdir. Koʻcha kichikdir va unda bino bilan inshoatlarning soni koʻp emas[2].

Tavsifi tahrir

Koʻcha janubdan Feruza koʻchasidan boshlanadi va Oyimariq 1-tor koʻchasida yakunlanadi. Koʻcha juda kichikdir va uzunligi 138 metr boʻlib unda juda kam binolar va inshoatlar joylashgan. 9-May koʻchasidan uzoq masofada boʻlmaganda Dukchi Eshon koʻchasi joylashgan. Koʻchadan jamoat transporti oʻtmaydi, ammo uzoq boʻlmagan masofada, yaʼni Feruza koʻchasining 12-sonli mavze jamoat transport bekatida 14, 17, 19, 36, 49, 110 va 198 raqamli avtobuslar va 28m yoʻnalishli taksi oʻtadi.

Mashhur binolar va inshoatlar tahrir

9-May koʻchasida Juft va Toq tomondam kichik bir qavatli uylar joylashgan. Koʻchaning toq tomonida "Mobil 1 Lube Express" yogʻalmashtirish ekspress-punkti koʻp yillardan beri ishlab kelmoqda.

Manbalar tahrir

  1. „Yandex Xarita“. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  2. „Google.Maps“. Qaraldi: 2022-yil 26-may.