Aëdon (qadimgi yunoncha: Ἀηδών) — qadimgi yunon afsonalari qahramoni.[1][2] Homerning yozishicha, u Pandareusning qizi hamda Zethusning rafiqasi.[3] Niobaga koʻp farzand koʻrgani uchun hasad qildi va uning toʻngʻich oʻgʻlini oʻldirishga qaror qildi, lekin xatoga yoʻl qoʻyib oʻzining yolgʻiz oʻgʻli Itylusni oʻldirgan.[4] Shundan soʻng, bulbulga aylanib, oʻgʻliga motam tutib, sayraydi.[5]

Antoninus Liberalis tominidan keltirilgan taxminga koʻra, Aëdon efeslik Pandareusning qizi. Kolofonlik Polytechnosning xotini, Itylusning onasidir. Polytechnos uning singlisi Chelidonisning nomusiga tegib, oʻziga joriya qilib olgan. Opa-singil Itylus goʻshti bilan Polytechnoni taomlantirib, qochib ketishdi. Aëdon qushga aylanib, oʻgʻli Itylusga aza tutadi. Aëdonning akasi esa hud-hudga aylangan.[6] Bu afsona Terey, Prokne va Filomela haqidagi afsonalardan yana biridir.

Manbalar tahrir

  1. Mifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 t. T.1. S.146
  2. Aedon // Realniy slovar klassicheskix drevnostey / avt.-sost. F. Lyubker ; Pod redaksiey chlenov Obщestva klassicheskoy filologii i pedagogiki F. Gelbke, L. Georgievskogo, F. Zelinskogo, V. Kanskogo, M. Kutorgi i P. Nikitina. — SPb., 1885. — S. 556—557.
  3. Bell, Robert E.. Women of Classical Mythology: A Biographical Dictionary. ABC-CLIO, 1991 — 5-6 bet. ISBN 9780874365818. 
  4. Homer, Odisseya 19.517
  5. Homer, Odisseya XIX 518—523
  6. Antoninus Liberalis, Metamorphoses 11

Adabiyotlar tahrir

  • Aedon // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona: v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1891. — T. IIa. — S. 556—557.
  • Aedon // Realniy slovar klassicheskix drevnostey / avt.-sost. F. Lyubker; Pod redaksiey chlenov Obщestva klassicheskoy filologii i pedagogiki F. Gelbke, L. Georgievskogo, F. Zelinskogo, V. Kanskogo, M. Kutorgi i P. Nikitina. — SPb., 1885. — S. 556—557.