Erkin Aʼzam

Oʻzbek yozuvchisi
(Aʼzam, Erkindan yoʻnaltirildi)

Erkin Aʼzam (10-avgust 1950-yil, Surxandaryo, OʻzSSR) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri.

Erkin Aʼzam
Tavalludi 10-avgust 1950-yil
Mukofotlari

Biografiysi

tahrir

Erkin Aʼzam 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1967-yilda oʻrta maktabni aʼlo baholarga tamomlaganidan soʻng, Erkin Aʼzam Toshkent Davlat Universitetiga oʻqishga kirgan. 1972-yildaToshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Ish faoliyati

tahrir

Oʻqishni tugatganidan soʻng uning jurnalistika sohasida faoliyati boshlangan. Dastlab respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va Sanʼat nashriyotida tahririyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 19921994-yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari boʻlgan. 1995-yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri, I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati boʻlib saylangan.

Asarlari

tahrir

Erkin Aʼzamning yozuvchilikdagi ilk uchqunlari maktab davridayoq porlay boshlagn. Uning „Inson“ hikoyasi 1966-yilda viloyat gazetasida chop etilgan. Keyinchalik uning „Chiroqlar oʻchmagan kecha“ nomli hikoyalar toʻplami 1977-yilda chop etilgan. Biroz tanaffusdan keyin, anqirogʻi 1981-yilda yozuvchining "Otoyining tug'ilgan yili nomli qissa va hikoyalar toʻplami chop etilgan. Erkin Aʼzam "Otoyining tug'ilgan yili toʻplami uchun oʻzbekiston yoshlar ittifoqining maxsus mukofoti bilan taqdirlangan.[1]. Shundan soʻng isteʼdodli yozuvchining „Olam yam-yashil“ (1984), „Javob“ (1986), „Bayramdan boshqa kunlar“ (1988), „Mir v tsvetax“ (1999), „Pakananing oshiq koʻngli“ (2001), „Kechikayotgan odam“ (2002) singari bir qator roman, qissa va hikoyalari ketma ket chop etilgan. Yozuvchining „Jannat oʻzi qaydadur“, „Shajara“, „Farrosh kampirning tushi“, „Xonadon egasi“, „Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi“ kabi yozilgan asarlari asosida respublikamiz teatrlarida pyesalar sahnalashtirilgan va muvaffaqiyatga erishgan.

Kinodramaturgiya

tahrir

Erkin Aʼzam oʻzbek kino drammaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Yozuvchi qalamiga mansub asarlar orasida „Chantrimore“, „Parizod“ asarlari asosida suratga olingan filmlar oʻzbek kinomatografiyasida yangilik boʻlgan. Bundan tashaqri „Piyoda“, „Dilxiroj“ asari asosida suratga olinga film xalqaro eʼtiborga sazovor boʻlgan boʻlib Germaniya va Fransiy telkanallari orqali efirga uzatilgan. Bu film nusxasi Yaponiyadagi Fukuoko muzeyida saqlanadi. Yozuvchining „Erkak“ asari asosida suratga olinga film „Kinoshok“ festibalida ishtirok etib „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Butun miqiyosida oʻtkaziladiga Vezul kinfestivalida bosh sovrin Gran-Priga ega chiqqan. „Zabarjad“ asari asosida suratga olingan film „Moskovskaya premyera“ va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining bir necha diplomlariga ega boʻlgan. „Suv Yoqalab“ filmi „Zolotoy Vityaz“ kinofestivalida „Serebryanniy Vityaz“ mukofotiga loyiq deb topilgan, New-York shahrida oʻtkazilgan kino forumida namoyish etilgan. "Parizod" filmi kinoshok festivalida bosh sovringa ega boʻlgan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat — insoniy erk, har qanday zoʻravonlikka munosabat masalasidir[2][3][4].

Xalqaro maydonda

tahrir

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam qalamiga mansub asarlar rus, ukrain, belarus, qozoq, tojik, turkman, bolgar, gruzin tillariga tarjima qilingan. 2015-yilda yozuvchining qissalar toʻplami Angliya va Fransiyada chop etilgan.

Manbalar

tahrir