„GULISTON“ — ijtimoiy-siyosiy va badiiy-bezakli jurnal.

Muassis: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi [1].

Toshkent shahrida nashr qilinadi.

Jurnal va uning tarixi haqida

tahrir

1925-yilning noyabr oyidan boshlab (hozirgi kunda „Guliston“ nomi bilan) „Yer yuzi“ jurnali chiqarila boshladi. Oʻzbek tilidagi dastlabki ommaviy ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy va rasmli-bezakli nashrlardan biri boʻlgan. Jurnal oʻz atrofiga davrning katta ijodkorlari va olimlarini  birlashtirgan edi. „Yer yuzi“ jurnalida Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Shokir Sulaymon, Botu, Otajon Hoshim kabi ijodkorlarning asarlari muntazam nashr etilgan. Jurnalning nashr qilinishida qalamkash Aʼzam Ayubovning xizmati katta boʻlgan. Uning sayʼ-harakati bilan 1925-yilning noyabrida oʻzbek oʻquvchilari qoʻliga „Yer yuzi“ nomli 15 kunda bir marotaba chiqadigan yangi jurnalning birinchi sonini yetib borgan. Jurnalning tashkil topishi haqida XX asr boshidagi oʻzbek milliy matbuoti tarixining ilk tadqiqotchilaridan biri Ziyo Said oʻzing „Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar“ risolasida quyidagicha maʼlumot beradi: „Yer yuzi“ suratli jurnal Oʻzbekistonda kitobxonlik va gazetxonlikka havas avvalgisidan koʻra inqilob boshlaridan keyin yana ortdi. Matbuotning har bir sahifasidagi nashriyotga ehtiyoj ortdi. 1925-yilning oxirlari va 26-yillarning boshlarida bu havas qalbga quyilgʻondek ishq soldi. Kundalik gazetalar va qalin jurnallardan tashqari dunyo voqealarini ilmiy, siyosiy, ijtimoiy va jiddiy hodisalarni koʻzga gavdalatirib berguvchi ruslarning „Oganyok“idek populyar (umumiy va yengil) jurnalga ehtiyoj tugʻilgonligʻi sezildi. „Qizil Oʻzbekiston“ gazeta idorasi bu ehtiyojni qoplashni oʻylab „Yer yuzi“ni chiqarmoqqa qaror qildi.

Jurnal tahriri hayʼatida Sanjar Siddiq, Mannoza Romiz, Sayid Gʻani, Shokir Sulaymon, Sobira Xoldorova, Vil Oʻrazoy kabi yozuvchi va jurnalistlar faoliyat koʻrsatganlar.

Jurnal tashkilotchilari nashrni mazmundor va oʻqiladigan qilib chiqarish maqsadida uning dastlabki sonlaridayoq ijodkorlardan rasmlar, sheʼrlar, hikoya va maqolalar joʻnatib turishlarini iltimos qilishgan. „Yer yuzi“ jurnali juda tez vaqtda tarqalib ketdi va 1-2-sonining chiqishi fursatida atrofdan koʻp hikoya va sheʼrlar, rasmlar kelib turishi bunga dalil boʻlgan." („Yer yuzi“ 1925, 3-son.)

Jurnal tashkilotchilari uni chiqarishga tayyorgarlik koʻrilayotgan paytda shoir Choʻlpondan biror narsa yozib berishni iltimos qiladi. Choʻlpon yangi, ijtimoiy-siyosiy, adabiy va rasmli-bezakli jurnal tashkil topayotganidan quvonadi va jurnalning chop etilishi munosabati bilan 1925-yil 1-sonida „Bu nima narsa“ nomli tabrik sheʼri bosiladi:

„Bu nima narsa?“ deb

Har kim soʻrsa,

Deyman „Yer yuzi“

Har yerda yurar,

Har joyni koʻrar.

Har kimni toblar,

„Fotoxon“ qizi!

Keyinchalik shoirning „Yer yuzi“da bir kancha sheʼriy hamda publitsistik asarlari bosilib chiqdi.

„Yer yuzi“ jurnalida faoliyat koʻrsatgan ijodkorlarning safi kengayib borgan. Jurnal yosh ijodkorlarning adabiyot, sanʼat, jurnalistika va foto olamiga kirib kelishi uchun ijodiy maktab vazifasini oʻtadi, oʻzbek badiiy tarjima adabiyotini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.

Tahririyat „Yer yuzi“ jurnali har oʻn besh kunda bir marotaba tartiblik surʼatda chiqib turadir" — deb yozadi. Jurnal daromadining asosiy qismini uni sotishdan tushuvchi pul mablagʻi tashkil etgan va u oʻquvchilar orasida obuna va savdo yo‘li bilan tarqalgan. Uning obuna bahosi uch oyga 1 soʻm 10 tiyin, bir oyga 35 tiyin. Chakana savdoda har bir soni 20 tiyin sotilgan. Jurnal daromadining yana bir manbayi eʼlonlarni bosishdan olinadigan pul mablagʻi boʻlgan.

Tahririyat jurnalni iqtisodiy ahvoldan qutqarishning boshqa yo‘llarini topishga ham harakat qilgan. Jurnalning har bir sonida quyidagi fikrlarga duch kelamiz: „Jurnalning oʻz vaqtida va koʻngildagidek chiqib turmogʻi uchun oʻquvchi oʻrtoqlarimizning qoʻllaridan kelgan qadar yordam etajaklarini kutamiz. Qoʻllarida surat oladurgʻon asboblari bor oʻrtoqlar jurnalimizning mavzuyiga muvofiq rasmlar joʻnatsalar juda sevinib qabul qilamiz. Hikoya va sheʼrlar, turmushdan olinib yozilgʻon koʻrinishlar, parchalar, ilmiy va maxsus mavzulardagi maqolalar jurnalimizda bosh oʻrinlarni oladi“(„Yer yuzi“ 1-son).

1936-yildan jurnal „Guliston“ nomi ostida chiqa boshladi. Ikkinchi jahon urushiga qadar ogʻir ijtimoiy siyosiy  kurashlar jarayonida faoliyat koʻrsatdi. Uzoq muddat maʼlum sabablarga koʻra jurnal nashr qilinmadi va tanaffusdan soʻng, 1967-yil yanvardan „Guliston“ nomi bilan chiqa boshladi.

1970-yilda „Guliston“ga Asqad Muxtor bosh muharrir etib tayinlanadi.

tahrir

„Guliston“ maʼlum maʼnoda umuminsoniylik prinsipiga tayangan. Bu prinsipning nazariy asosi shundan iboratki? insoniyat ─ tabiatning gultoji, ongli jamiyatning, tarixning, sivilizatsiyalarning ijodkoridir. Garchi „Guliston“ Oʻzbekiston kompartiyasi Markaziy komitetining jurnali boʻlishiga qaramay, insoniyatga xizmat qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Asqad Muxtor yoshlik chogʻidan yetim oʻsganligi bois, inson qadrini hamma narsadan yuksak tutgan, xoksor va magʻrur boʻlgan. Bir-biriga zid bu ikki xislat uning tabiatida ajoyib bir tarzda uygʻunlik topgan edi. U butun umri davomida dunyoda tinchlik hukmron boʻlishi uchun, ozodlik, tenglik, millat taraqqiyoti uchun intilgan.

Xalqchillik prinsipi har bir ijodkordan oʻzining butun qalb qoʻrini xalqqa bagʻishlashni, butun umr xalqqa xizmat qilishni talab etadi. Har bir qalam sohibi oʻz asarlarida xalqning hayoti, mehnati, tashvishi, quvonchi, fikr-oʻyi, orzu-umidlarini keng, haqqoniy tasvirlashi lozim. Xalqchillik publitsistika va badiiy ijodning eng muhim talabi, har qanday asarning hayotiyligi, umrboqiyligini belgilovchi asosiy va bemurosa mezondir. Xalqchillik prinsipining asosiy koʻrinishlaridan biri ─ milliylikdir. Binobarin OAV milliylik prinsipiga amal qilishi kerak. Har bir jurnalist oʻz milliyligini, millatini sevish bilan birga boshqa millatlarni ham hurmat qilishi kerak. „Guliston“ jurnali bu prinsipga amal qilgan. Jahon adabiyoti va madaniyatiga bagʻishlangan maqolalar, rasmlar berib borishi buning yaqqol misolidir. Hattoki bu boʻyicha maxsus ruknlar tashkil etilgan.

„Guliston“ jurnalining bosh muharriri Asqad Muxtor uchun milliy mahdudlik begona boʻlgan. U dunyodagi barcha xalqlarning madaniyatiga muhabbat, chuqur hurmat bilan qaragan. Shu sababli dunyo adabiyoti durdonalari asarlaridan tez-tez tarjimalar berib turgan. Jumladan, Leningradlik olim V.Razumovskiyning „Jyul Sando guli“ badiasini Mahkam Mahmud Andijoniy tarjima qilib jurnalda chop etadi. Murod Muhammad Doʻstning Lyudvig van Betxoven haqida „Qaydasan, quvonch sadosi?“ hikosining jurnalda chiqishi katta yangilik boʻlgan.

Shuningdek Asqad Muxtor muharrirligi davrida „Guliston“da jahon adabiyoti xazinalarini va buyuk bobokalonlarimiz ijodini izchil yoritish davom etgan. Jurnalning 1973-yildagi 12-soni Oʻzbekiston va jahon ilm-fanining buyuk daholaridan biri Abu Rayhon Beruniy va uning davrida yashagan daholarning kashfiyotlari yoritilishi madaniy hayotimizdagi katta bayramga aylanib ketgan. Bu sohada Asqad Muxtor, Mahkam Mahmudov, rahbarligida Vahob Roʻzimatov, Mahmud Saʼdiy, Murod Xidir, Abduqahhor Ibrohimov, Abdulla Sher va boshqalar Beruniy ijodiy merosini oʻrganishda fidoyilarcha ishlagan.

Asqadsqadsqad Muxtor xodimlarga keng maydon ochib bergan. Beruniy, Sulton Mahmud va Masʼud Gʻaznaviylar hayotiga doir Abulfazl Bayhaqning „Masʼud tarixi“ asarini arabchadan tarjima va talqin qilgan atoqli sharqshunos A.K.Arends, dorishunoslik-farmatsevtikaga oid „Saydana“ asarining tarjimoni Ubaydulla Karimov, „Geodeziya“ tarjimoni, „Beruniy hayoti va asarlari“ kitobi va ikki qismli „Beruniy“ badiiy filmi ssenariysining muallifi P.G.Bulgakov, „Osorul boqiya“ tarjimoni Abdufattoh Rasulov, shu kitobni chuqur tadqiq qilgan Ismatillo Abdullayev, Sharq qoʻlyozmalari bilimdonlari Abdulla Nosirov, Shorasul Zunnun, alloma Chagʻminiy haqida yozgan Toshpoʻlat Usmanov va boshqalar bilan suhbatlar jurnalda bosilib chiqqan.

Milliyligimizni targʻib qilishda jurnal muhim oʻrin egallagan. Bobokalonlarimiz hayoti va ijodidan namunalar berib borish orqali xalqni uygʻonishga daʼvat qilish u paytlari katta jasorat edi. Jurnalning har bir sonida milliy xalq hunarlari, xalqbop yozilgan asarlar berib borilgan. Masalan, „Haykallar umri boqiy“, „Rishton ertagi“, "Alisher Navoiy: „Ruh ozigʻi xush ovozdandir“, „Ipaklari tillodan…“, „Bir piyola choy“ kabi maqolalar „Xazina“ rukni ostida berilgan.

Matbuotning asosiy prinsiplaridan biri ommaviylikdir. Ommaviylik har bir matbuot nashrining va OAV da koʻpchilikning doimiy ishtirok etishi, koʻpchilik tomonidan yaxshi kutib olinishi, ommaviylashuvidir. Bu borada „Guliston“ jurnali 1970, 1980-yillarda soʻz boʻstonining haqiqiy gulistoniga aylangan birdan-bir sevimli jurnal edi.

Keyinchalik „Guliston“ jurnali „Sharq“ konserni muassisligida chiqa boshladi. 1994-yildan Madaniyat vazirligi muassisligida chop etiladi.

„Guliston“ jurnali dastlab „Yer yuzi“ nomi bilan 1925-yilning noyabridan chiqa boshlagan. Jurnalni tashkil etish rejalari „Qizil Oʻzbekiston“ (hozirgi „Oʻzbekiston ovozi“) gazetasi tahririyatida tugʻiladi va gazetaga ilova shaklida chop etiladi. Oʻsha paytda gazeta muharriri Komil Alimov jurnalga ham muharrirlik qilgan. „Yer yuzi“ni nashr etish haqidagi qarorda shunday deyilgan: „Qizil Oʻzbekiston“ gazeta idorasi mamlakatimizda boʻlib turgʻon kuchlarning eng yaqin va jonlik ishtiroki bilan oktyabr oyining oʻrtalaridan boshlab oʻzbek matbuot dunyosida eng birinchi marotaba „Yer yuzi“ jurnalini chiqarmoqqa qaror qiladi!

„Yer yuzi“ jurnali Gʻarbdan, Sharqdan va butun olam hodisalaridan chiroylik, ham oʻn besh kunda bir marotaba juda aʼlo qagʻozda texnikaning soʻng usuli bilan bosib tarqatiladi. Uning har sonida yosh shoirlarimiz va hikoyanavislarimizning zamonaviy asarlari yozilib turadir, mamlakatimizning tarixiy va asriy tirikchiligini oʻquvchilar koʻz oldiga yoritmoqqa harakat qiladir, jamoat xodimlarimizning ham faol ishtiroklari bilan yurt tanishadir, hali bizning Oʻrta Osiyo xalqiga nomaʼlum boʻlgan joylar bilan, „qush uchsa qanoti kuyar, odam yursa oyogʻi kuyar“ qabilidagi makonlarni keng tasvir etadir, gazeta va telegraf xabarlaridagi voqealarni suratlar bilan koʻrsatadir, jurnalist chiqarmoqqa harakatda boʻladir, xulosa: oʻquvchilarimiz „Yer yuzi“ jurnalida istagan narsalarini topa olsinlar" deb keltirilgan.

Jurnalni tashkil etishdagi maqsad katta boʻlgan. Muhimi, gʻoya, fikr ezgu edi. Jurnal maʼnaviy-maʼrifiy hayotning koʻzgusi boʻlishi, milliy qadriyatlarimiz, oʻzlikni anglash, xalq ijodiyoti, zamonaviy badiiy jarayon borasida chiqishlar qilishi ham kerak edi. Ammo kommunistik mafkura milliy madaniyat va tarixga sinfiy kurash koʻzoynagi bilan qaragani sababli „Yer yuzi“ning milliy madaniyat asoslarini targʻib etishga daʼvat qiluvchi rejalari mavjud tuzum siyosatiga toʻgʻri kelmas edi, deb yozadi Tilab Mahmudov.10 Jurnalga hujum 1929-yildayoq boshlangan. Jurnal „millatchi“ tamgʻasini olgan.

1931-yil 6-mayda „Yer yuzi“ning yuzi" nomli maqola eʼlon qilinib, unda jurnal „Partiya bosh yoʻli uchun astoydil kurashmaganlikda“, „mahalliy millatchilikga qarshi kurashdan oʻzini chetga olganlikda“ qoralanadi. Jurnal faoliyati „qayta koʻrib chiqish“ni talab etadi. Bir yildan soʻng „Oʻzbekiston qurilishda“ nomi bilan chiqa boshlaydi. Lekin jurnalning olti soni chiqqach „Mashʼala“ nomi bilan yana qayta nashr etiladi. Uning ham beshta soni chiqib, 1935-yil fevral oyidan jurnalga „Guliston“ nomi beriladi. Oʻsha paytda jurnalning maʼsul kotibi boʻlib Gʻafur Gʻulom ham ishlagan.

1941-yil Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan boshqa qator jurnallar kabi „Guliston“ faoliyati ham toʻxtatilib qoʻyiladi. 1967-yildan jurnal qayta tiklanadi.

„Guliston“ jurnali faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, jamiyat hayotini yoritish nuqtayi nazaridan oʻz yoʻliga ega boʻlgan. Bizga maʼlumki, jurnallar turlicha: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, adabiy-badiiy va sanʼatga oid jurnallar, hajviy, suratli va tarmoq jurnallari bor.

„Guliston“ jurnali bu turlardan bir nechasini oʻz ichiga qamrab olgan. Ular: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, suratli jurnal koʻrinishlaridir. Jurnal muqovasida keltirilishicha „Guliston“ oylik ijtimoiy-siyosiy, adabiiy-badiiy jurnal hisoblangan.

Jurnallar tasnifida suratli jurnallar alohida oʻrin tutadi. Suratli jurnallar jamiyat hayotini yoritishda keng foydalaniladi. Fotojurnalistikaning asosini fotopublitsistika tashkil etadi va publitsistikaning bu sohasi ham oʻz ichki janrlari, keng ijodiy imkoniyatlariga egadir. Suratli jurnallarda fotosurat bilan ana shu suratlarni sharhlovchi yoki toʻldiruvchi bosma soʻz matn ham muhim oʻrin tutadi. Shuni aytish kerakki, boshqa ijtimoiy-siyosiy jurnallarda ham fotosuratlardan keng foydalaniladi, bunday jurnallarda matn, soʻz asosiy oʻrin tutadi.

Suratli jurnallar jahonning turli mamlakatlarida nashr etiladi. AQSHdagi „Playboy“, Rossiyadagi „Ogonyok“ jurnallari sohaning eng mukammal jurnallari hisoblangan.11

Respublikamizdagi „Guliston“, „Saodat“ va „Yoshlik“ jurnallarida ham fotosuratlarga keng oʻrin berilgan. Bu borada „Guliston galeriyasi“ ruknini misol keltirish mumkin. Jurnalda aynan shu rukn ostida bir necha sahifa suratlar berilgan.

Endi jurnalning qanday prinsiplarga tayanganligini koʻrib chiqamiz. „Guliston“ maʼlum maʼnoda umuminsoniylik prinsipiga tayangan. Bu prinsipning nazariy asosi shundan iboratki? insoniyat ─ tabiatning gultoji, ongli jamiyatning, tarixning, sivilizatsiyalarning ijodkoridir. Garchi „Guliston“ Oʻzbekiston kompartiyasi Markaziy komitetining jurnali boʻlishiga qaramay, insoniyatga xizmat qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi qaroriga muvofiq, respublikada nashr etilayotgan „Nafosat“ va „Guliston“ jurnallari negizida „Guliston“ jurnali qayta tashkil etildi. 1994-yil yanvardan 2 oyda bir marta chiqadi. Jurnal sahifalarida madaniyat soxasiga oid materiallar asosiy oʻrin egallaydi. Unda madaniy meros va milliy qadriyatlar, teatr, musiqa, tasviriy sanʼat va xalq ijodiyoti, madaniy-maʼrifiy muassasalar va b. qardosh xalqlar hayoti haqida maqolalar berib boriladi.

Jurnalning bugungi kundagi bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov.

Manbalar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.


  1. Madaniyat vazirligining rasmiy sayti