A. J. Gale (talaffuzi: A.J. Geyl; 1987-yil 23-fevralda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. U faoliyatining oxirida Markaziy Xokkey Ligasining (CHL) Denver Cutthroats jamoasi tarkibida oʻynagan.

A. J. Gale
Tugʻilgan joyi 23-fevral 1987-yil (1987-02-23) (37 yosh)
Nanaimo, British Columbia, Canada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 181 lb (82 kg; 12 st 13 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari Copenhagen
Asplöven HC
Lake Erie Monsters
Manchester Monarchs
NHLga kirish drafti Tanlanmagan
Jamoalardagi faoliyat 2009—2014

Jamoalardagi oʻyin faoliyati tahrir

Gale dastlab British Columbia xokkey ligasida Nanaimo Clippers jamoasi bilan, keyinchalik St. Cloud shtat universiteti va St. Norbert kolleji jamoalarida oʻynagan.

Gale oʻzining professional debyutini Markaziy xokkey ligasining 2009—2010-yilgi mavsumida Fort Worth Brahmas jamoasi bilan oʻtkazgan. Keyingi mavsumda u Vichita Thunderga transfer qilingan. Oʻzining uchinchi professional mavsumida Gale oʻzi Yevropa xokkeyida sinab koʻrish maqsadida erkin agent sifatida jamoadan chiqib ketib, 2011-yil 4-mayda Daniyaning Copengagen jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Mahoratli hujumchi sifatida Gale 2011—2012-yilgi mavsumda Copenhagen jamoasi bilan 14 oʻyinda 14 ochko toʻplagan[1]. Mavsumning qolgan qismida Gale 27 oʻyinda 17 gol va 32 ochko jamgʻargan holda klubning toʻpurarlari qatoridan joy olgan.

Gale Shvetsiyadagi mavsumini yakunlaganidan soʻng Shimoliy Amerikaga qaytib, CHLning Denver Cutthroats klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[2]. 2012—2013-yilgi mavsumda Gale Schwab va sobiq NHL faxriysi Brad Smyth bilan birga CHLda eng yaxshi toʻpurarlar roʻyhatini shakllantirgan. Roʻyhatda Gale atigi 64 oʻyinda 46 gol bilan yetakchilik qilgan. 2013-yil 20-fevralda Gale Amerika Xokkey Ligasi filiali Lake Erie Monsters jamoasi bilan toʻrtta oʻyinda oʻynash uchun jamoaga taklif etilgan[3].

2013-yil 6-avgustda Gale Cutthroats jamoasi bilan ikkinchi mavsum uchun bir yillik shartnoma imzolagan[4].

Jamoalardagi faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2003—2004 Nanaimo Clippers BCHL 11 4 2 6 2 5 1 0 1 0
2004—2005 Nanaimo Clippers BCHL 53 19 22 41 53 15 1 2 3 16
2005—2006 Nanaimo Clippers BCHL 60 27 24 51 69 5 1 1 2 2
2006—2007 St. Cloud State U. WCHA 18 0 1 1 8
2007—2008 St. Cloud State U. WCHA 2 0 0 0 0
2007—2008 Nanaimo Clippers BCHL 38 27 26 53 46 14 8 18 26 13
2008—2009 St. Norbert College NCHA 19 19 11 30 12
2009—2010 Texas Brahmas CHL 58 15 10 25 36 7 1 2 3 4
2010—2011 Wichita Thunder CHL 62 26 38 64 38 5 1 4 5 2
2011—2012 Copenhagen Hockey DEN 14 7 7 14 20
2011—2012 Asplöven HC Swe.2 27 17 15 32 20 10 4 2 6 0
2012—2013 Denver Cutthroats CHL 64 46 38 84 38 5 1 2 3 0
2012—2013 Lake Erie Monsters AHL 4 0 0 0 2
2013—2014 Denver Cutthroats CHL 25 15 21 36 34 13 11 11 22 15
2013—2014 Manchester Monarchs AHL 27 8 3 11 14
2014—2015 Bentley Generals ChHL 8 8 0 8 6
AHLdagi umumiy ochkolari 31 8 3 11 16

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofot Yil
CHL
Yulduzlar jamoasi 2013
CHL jamoasi 2013 [5]

Manbalar tahrir

  1. „A.J. Gale agrees to contract with Asploven“ (Swedish). Asplöven HC (2012-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 28-oktabr 2012-yil.
  2. „Cutthroats boots forward line by signing Gale, Schwab“. Denver Cutthroats (7-avgust 2012-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
  3. „Cutthroats forward A.J. Gale recalled to Lake Erie“. Mile High Hockey (20-fevral 2013-yil). Qaraldi: 20-fevral 2013-yil.
  4. „Gale re-signs with Cutthroats“. Denver Cutthroats (6-avgust 2013-yil). Qaraldi: 6-avgust 2013-yil.
  5. „All-CHL team announced“. minorleaguehockeyreport.com (18-mart 2013-yil). 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2013-yil.