A. S. Pushkin haykali S.Peterburg, Pushkin koʻchasi
Aleksandr Sergeyevich Pushkin haykali — Sankt-Peterburgdagi haykaltaroshlik yodgorligi. 1884-yilda Pushkinskaya koʻchasidagi parkda oʻrnatilgan. Haykaltarosh A.M. Opekushina, meʼmorlar N. L. Benoit va A. S. Litkin loyihasi asosida yasalgan. Bu haykal shaharda A. S. Pushkin sharafiga qoʻyilgan birinchi haykaldir[1]. Yodgorlik federal ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros obyekti hisoblanadi[2].
Tarixi
tahrir1881-yil 22-avgustda imperator Aleksandr III Kompaneyskaya koʻchasini A.S.Pushkin xotirasiga Pushkinskaya deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Oʻshandayoq, ushbu koʻchadagi xiyobonda shoirning I. P. Vitaliy yasagan kichik gipsli byusti oʻrnatildi. Keyingi yili shahar kengashi byust joyiga Pushkinning toʻliq shaklli yodgorligini oʻrnatishga qaror qabul qildi. Haykaltarosh A. M. Opekushinaning ijodiga mansub Pushkin haykali namunalaridan biri, Pushkinning Moskvada ornatish uchun oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etgan haykali uchun maʼqul koʻrildi[3].
Bronzadan yasalgan haykal A. Moran zavodida quyilgan. Poydevori V. E. Yefimov ustaxonasida tayyorlangan. 1884-yil 7-avgustda yodgorlikning tantanali ochilishi boʻlib oʻtgan. Shoirning oʻgʻli A.A. Pushkin, tarixchi M.I. Semevskiy, Sankt-Peterburg universiteti rektori A. N. Beketov, shoir A. N. Maykov, jurnalist A. A. Krayevskiy, Sankt-Peterburg shahri rahbari P. P. Gresser va boshqalar ishtirok etgan.
Tavsifi
tahrirA. S. Pushkin toʻliq shaklda tasvirlangan. Qoʻllarini koʻkragida chirmashtirgan holda birida kitob tutib turadi. Yodgorlikning toʻrtburchak shakldagi poydevori qora sayqallangan granitdan[4] yasalgan. Unda Pushkin sheʼrlaridan parchalar keltirilgan[1]. Haykalning balandligi 2,05 m, poydevorining balandligi 2,9 m[3].
Sanʼatshunos V. G. Isachenkoning fikriga koʻra, haykal tagkursiga yaxshi joylashmagan. Bundan tashqari, koʻp qavatli uylar qurshovidagi maydonga oʻlchami kichik yodgorlik oʻrnatish unchalik mos kelmaydi. Yozuvchi A. I Kuprin Bu yodgorlikni „eng mayda, qoʻpol, ayanchli va koʻrimsiz“ deb atagan va uning hajmiga emas, balki "mafkuraviy ahamiyatsiz "ligiga ishora qilgan. F. I. Shalyapin va boshqa koʻplab rassomlar ham xuddi shunday fikrni bildirgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Isachenko V. G. Pamyatniki Sankt-Peterburga. Spravochnik. 2004. — S. 106.
- ↑ „Постановление Правительства РФ № 527 от 10.07.2001“. 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Энциклопедия Санкт-Петербурга. Пушкину А. С., памятник (Пушкинская ул.)“. 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ Monumentalnie pamyatniki Rossiyskoy imperii. 2006. — S. 359