AFC Osiyo kubogi 2015 finali 2015-yilning 31-yanvarida Avstraliyaning Sidney shahridagi Avstraliya stadionida mezbon Avstraliya terma jamoasi hamda Janubiy Koreya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Avstraliya terma jamoasi 2-1 hisobi bilan gʻolib chiqdi va 2017-yili Rossiyada boʻlib oʻtadigan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan boʻldi.

AFC Osiyo kubogi 2015 finali

Avstraliya stadionida finla uchrashuvi
Musobaqa AFC Osiyo kubogi 2015
Qoʻshimcha vaqtdan keyin
Sana 31-yanvar 2015-yil
Maydon Avstraliya stadioni, Sidney
Oʻyin qahramoni Trent Sainsbury (Avstraliya)
Hakam Alireza Faghani (Eron)
Tomoshabinlar 76,385
Ob-havo Qisman bulutli
22 °C (72 °F)
63% namlik[1][2]
2011
2019

Janubiy Koreya terma jamoasi AFC Osiyo kubogi musobaqalari finaliga 5 marta yetib kelgan, shulardan 1972, 1980 va 1988-yillari 2-oʻrinni egallagan, ikki marta 1956 va 1960-yillari chempionlikni qoʻlga kiritgan. Avstraliya terma jamoasi esa 2006-yili Okeaniya Futbol Konfederatsiyasidan Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga oʻtganidan beri faqat 2011-yilgi Osiyo chempionati finaliga qadar yetib kelgan.

Oʻyindan oldin

tahrir

Final uchrashuvi uchun chiptalar AFC vebsayti orqali 2014-yil 3-iyundan boshlab sotuv chiqqan edi.[3] 76,000ta oʻrindiqlar final uchrashuvi uchun ajratildi, hamda, tahminan 7,000ta oʻribdiq omaviy axborot vositalari va boshqa partiyalar uchun ajratildi.[4] Chipta narxlari 39 dollaridan 150 dollargacha boʻldi.[5] 40,000ta chiptalar Avstraliyaning yarim finaldagi oʻyiniga qadar sotib boʻlingan edi, Avstraliyaning gʻalabasidan keyin qariyb ikki soat ichida 10,000ta chipta yana sotildi.[4]

Eronlik Alireza Faghani final uchrashuvini boshqarib bordi, unga qanotlardan hamyurtlari Reza Sokhandan va Mohammad Reza Abolfazli yordam berishdi. Bu uchta hakam ushbu chempionatda bungacha 4ta oʻyinni boshqardi, shulardan, Saudiya Arabistoni - Xitoy, Quvayt - Janubiy Koreya, Iroq - Yaponiya hamda chorak finalda Yaponiya - Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi uchrashuvlarni boshqardi. Faghani bundan oldin bir qancha nufuzli xalqaro musobaqalar finallarini boshqargan, shulardan, AFC Prezident kubogi 2009 finali, AFC Chaqiruv kubogi 2010 finali va AFC Chempionlar ligasi 2014 finali uchrashuvlarini boshqargan.

Uchrashuvdan oldin musobaqaning yopilish marosimi Avstraliya stadionida boʻlib oʻtdi. Yopilish marosimida, Avstraliyalik DJ, qoʻshiqchi va raqqosalar, xonanda Havana Brownlar oʻz chiqishlarini ijro etdilar.[6]

Finalgacha bosib oʻtilgan yoʻl

tahrir

Mavzu haqida koʻproq maʼlumotlarni AFC Osiyo kubogi 2015 sahifasidan olishingiz mumkin.

Janubiy Koreya Round Avstraliya
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
  Ummon 1–0 1-tur   Kuvayt 4–1
  Kuvayt 1–0 2-tur   Ummon 4–0
  Avstraliya 1–0 3-tur   Janubiy Koreya 0–1
Jamoa D M KG OʻG TN O
  Janubiy Koreya 3 3 0 0 3 0 +3 9
  Avstraliya 3 2 0 1 8 2 +6 6
  Ummon 3 1 0 2 1 5 −4 3
  Kuvayt 3 0 0 3 1 6 −5 0
Oxirgi holati
Jamoa D M KG OʻG TN O
  Janubiy Koreya 3 3 0 0 3 0 +3 9
  Avstraliya 3 2 0 1 8 2 +6 6
  Ummon 3 1 0 2 1 5 −4 3
  Kuvayt 3 0 0 3 1 6 −5 0
Raqib Natija Pley-off bosqichi Raqib Natija
  Oʻzbekiston 2–0 (q.v) Chorak final   Xitoy 2–0
  Iroq 2–0 Yarim final   Birlashgan Arab Amirliklari 2–0

Batafsil

tahrir
31-yanvar 2015
20:00 ASKV (UTC+11)
Janubiy Koreya   1–2 (q.v)   Avstraliya Avstraliya stadioni, Sidney
Tomoshabinlar: 76,385
Hakam: Alireza Faghani (Eron)
Son Heung-min   90+1' Report Luongo   45'
Troisi   105'
Avstraliya
DA 23 Kim Jin-hyeon
HM 22 Cha Du-ri
HM 5 Kwak Tae-hwi
HM 19 Kim Young-gwon
HM 3 Kim Jin-su
YH 20 Jang Hyun-soo
YH 16 Ki Sung-yueng (s)
YH 7 Son Heung-min
YH 10 Nam Tae-hee   63'
YH 6 Park Joo-ho   71'
HJ 18 Lee Jung-hyup   87'
Almashtirishlar:
HJ 11 Lee Keun-ho   63'
YH 14 Han Kook-young   71'
HM 4 Kim Ju-young   87'
Murabbiy:
  GER Uli Stielike
 
DA 1 Mathew Ryan
HM 2 Ivan Franjic   6'   74'
HM 20 Trent Sainsbury
HM 6 Matthew Spiranovic    59'
HM 3 Jason Davidson   41'
YH 5 Mark Milligan
YH 15 Mile Jedinak (s)   66'
YH 21 Massimo Luongo
YH 10 Robbie Kruse   68'    71'
YH 7 Mathew Leckie
HJ 4 Tim Cahill   63'
Almashtirishlar:
HJ 9 Tomi Juric   63'
YH 14 James Troisi   71'
YH 17 Matt McKay   74'
Murabbiy:
Ange Postecoglou

Oʻyin qahramoni:
Trent Sainsbury (Avstraliya)[7]

Yon hakamlar:
Reza Sokhandan (Eron)
Mohammad Reza Abolfazli (Eron)
Toʻrtinchi hakam:
Fahad Al-Mirdasi (Saudiya Arabistoni)
Beshinchi hakam:
Abdulla Al-Shalwai (Saudiya Arabistoni)

Statistikalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. [http://www.bom.gov.au/climate/dwo/IDCJDW2061.latest.shtml „Sydney Olympic Park, New South Wales January 2015 Daily Weather Observations“]. Bureau of Meteorology. Qaraldi: 31-yanvar 2015.
  2. „Olympic Park Observations“. Weatherzone. Qaraldi: 31-yanvar 2015.
  3. „Publicity blitz set to boost Asian Cup attendances“. theworldgame.sbs.com.au. Qaraldi: 8-dekabr 2014.
  4. 4,0 4,1 „Socceroos' Asian Cup final with South Korea heading for a sell-out“. smh.com.au. Qaraldi: 28-yanvar 2015.
  5. „Asian Cup ticket prices revealed“. smh.com.au. Qaraldi: 28-yanvar 2015.
  6. „Sexy pop star Havana Brown has big plans to start 2015 with a huge bang“. dailytelegraph.com.au. 2015-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2015.
  7. Larkin, Steve. „Australia down South Korea, win Asian Cup“. Yahoo! Australia. Australian Associated Press (31-yanvar 2015). 2015-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2015.

Havolalar

tahrir