James Troisi (talaffuzi: Jeyms Troisi; 1988-yil 3-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik professional futbolchi, u „West United“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi yoki vinger sifatida oʻynaydi[3].

James Troisi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi James Troisi[1]
Tavallud sanasi 3-iyul 1988-yil (1988-07-03) (35 yosh)[1]
Tavallud joyi Rose Park, Shimoliy Avstralia
Boʻyi 1.76 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi, Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Western United
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
MetroStars
West Adelaide
1999—2001 West Torrens Birkalla
2001—2005 Adelaide City
2005—2007 Newcastle United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 Newcastle United 0 (0)
2008—2009 Gençlerbirliği 29 (6)
2009—2012 Kayserispor 64 (10)
2012—2014 Atalanta 6 (0)
2013—2014Melbourne Victory (ijara) 29 (12)
2014—2015 Juventus 0 (0)
2014—2015Zulte Waregem (ijara) 21 (5)
2015Al-Ittihad (ijara) 8 (1)
2016 Liaoning Whowin 3 (0)
2016—2019 Melbourne Victory 76 (15)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Avstraliya U23 13 (2)
2008—2018 Avstraliya 37 (5)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 7-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 28-mart uchun)

Xalqaro faoliyati tahrir

 
Jeyms Troisi Avstraliya terma jamoasi safida.

2006-2007-yilgi mavsumni „Newcastle United“ jamoasi zaxirasida muvaffaqiyatli oʻtkazgandan soʻng, Troisi 2007-yil 18-aprelda Olimpiada saralashida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda Avstraliya U23 („Olyroos“) jamoasida debyut qilgan. U oʻzining tugʻilgan shahri Adelaidada Eron bilan boʻlib oʻtgan muhim toʻqnashuvda saudiyaliklarga qarshi yaxshi oʻyinni gol bilan davom ettirgan. 

Troisi Avstraliya terma jamoasi safida 2008-yil 22-mart kuni Singapurga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida, chap yarim himoyada o‘ynagan[4].

Ange Postecoglou Troisini 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Avstraliya terma jamoasiga kiritgan[5].

Troisi Avstraliya terma jamoasining 2015-yilgi Osiyo kubogi tarkibiga kiritilgan. U Avstraliyaning turnirdagi birinchi oʻyinini Quvaytga qarshi boshlagan va oʻyinning 92-daqiqasida Avstraliyaning toʻrtinchi va oxirgi golini kiritgan va Avstraliyaning 4:1 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan.  Troisi 2015-yilgi Osiyo kubogi finalida Janubiy Koreyaga qarshi Avstraliya terma jamoasida oʻynagan va Robbie Krusening oʻrniga ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushgan. U o‘yindagi Avstraliyaning ikkinchi va Osiyo Kubogi finalidagi g‘alaba golini kiritgan[6][7].

U 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi uchun Avstraliya terma jamoasiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, futbolchi Chili darvozasiga gol urgan va FIFAning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

2018-yilning may oyida u Avstraliyaning Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2018 uchun dastlabki 26 kishilik tarkibiga kiritilgan[8].

Statistika tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
Newcastle United F. C.   Angliya 2007—2008
Gençlerbirliği S. K.   Turkiya 2008—2009
Kayserispor   Turkiya 2009—2012
Juventus de Turín   Italiya 2012
Atalanta B. C.   Italiya 2012—2014
Melbourne Victory F. C. (ijara)   Avstraliya 2013—2014
Juventus de Turín   Italiya 2014—2016
S. V. Zulte Waregem (ijara)   Belgiya 2014—2015
Al—Ittihad (ijara)   Saudiya Arabistoni 2015—2016
Liaoning Whowin   Xitoy 2016
Melbourne Victory F. C.   Avstraliya 2016—2019
Adelaide United F. C.[9]   Avstraliya 2019—2020
Western Sydney Wanderers F. C.[10]   Avstraliya 2020—2022
Western United F. C.   Avstraliya 2022—

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „FIFA Confederations Cup Russia 2017: List of Players: Australia“. FIFA (2017-yil 2-iyul). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „James Troisi“. melbournevictory.com.au. Melbourne Victory FC. 2017-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
  3. „Interview with Socceroo James Troisi – Behind the News“. YouTube.com (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.
  4. „Young Socceroos struggle in Singapore“. The Sydney Morning Herald (2008-yil 23-mart). Qaraldi: 2008-yil 24-mart.
  5. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players“. FIFA (2014-yil 11-iyun), s. 3. Qaraldi: 2014-yil 11-iyun.
  6. „Australia beat South Korea after extra time“. BBC Sport (2015-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  7. „James Troisi“. socceroos.com.au. 2016-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  8. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists | Goal.com“.
  9. Andoza:Cita web
  10. Andoza:Cita web