Application Programming Interface (API) — foydalanuvchi interfeysidan farqli ravishda, ikki yoki undan ortiq kompyuter dasturlari oʻzaro bogʻlanishi va muloqot qila olishi uchun ishlatilinadi[1]. Bu turdagi aloqa yoki intefeysni ishlab chiqish, yoxud foydalanishni tavsiflovchi hujjat API spesifikatsiyasi (inglizcha: API specification) deb nomlanadi.

NASA tomonidan yozilgan veb-API dokumentatsiyasining skrinshoti

Kompyuter va insonni bogʻlovchi fodalanuvchi interfeysidan farqli ravishda, API kompyuterlar yoki dasturiy taʼminot qismlarini bir-biri bilan bogʻlashda ishlatiladi. API oddiy foydalanuvchilar tomonidan emas, balki, dasturchilar tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan.

APIning asosiy maqsadlaridan biri tizimning ichki detallarini yashirib,  dasturchi uchun kerak boʻladigan qismlarini ochiqlash va ichki detallar oʻzgargan taqdirda ham ularni izchil saqlashdan iboratdir. API maʼlum bir tizim juftligi uchun moslashtirilgan, yoki, koʻplab tizimlar oʻrtasida oʻzaro ishlash imkonini beruvchi umumiy standart tarzida ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin.

APIlarning bir qancha, jumladan, dasturlash tillari, dasturiy ta'minot kutubxonalari, operatsion tizimlar va kompyuter hardveyri uchun ishlatilinadigan turlari mavjud. API atamasi 1960-1970-yillarda paydo boʻlgan boʻlsa ham, ushbu texnologiyaning tarixi 1940-yillarga borib taqaladi. API atamasining hozirgi kundagi qoʻllanilishi odatda internetga ulangan kompyuterlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi veb-APIlarga ishora qiladi[2]. APIlarning rivojlanishi mikroservislarning mashhurlikka erishishiga ham sababchi boʻlgan[3].

Manbalar tahrir

  1. Reddy, Martin. API Design for C++. Elsevier Science, 2011 — 1 bet. ISBN 9780123850041. 
  2. Lane. „Intro to APIs: History of APIs“ (en-US). Postman (2019-yil 10-oktyabr). — „When you hear the acronym "API" or its expanded version "Application Programming Interface," it is almost always in reference to our modern approach, in that we use HTTP to provide access to machine readable data in a JSON or XML format, often simply referred to as "web APIs." APIs have been around almost as long as computing, but modern web APIs began taking shape in the early 2000s.“. Qaraldi: 2020-yil 18-sentyabr.
  3. Wood. „Global Cloud Microservices Market (2021 to 2026)“ (en-US). businesswire.com (2021-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 29-mart.