AQSh mustaqillik deklaratsiyasi
AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi (1776-yil 4-iyul) – Shimoliy Amerikadagi Angliya mustaqillik uchun urush davrida (1775–83) ingliz mustamlakalari vakillarining Ikkinchi Kontinental kongressi qabul qilgan. Mustaqillik deklaratsiyasi Thomas Jeffersonning respublika va demokratiya ruhi bilan tuzilgan loyihasiga asoslangan. Mustaqillik deklaratsiyasi mustamlakalarning metropoliyadan ajralganligini va yangi mustaqil davlat – Amerika Qoʻshma Shtatlari barpo etilganligini, shuningdek, xalq erkinligini, barcha kishilarning qonun oldida tengligini eʼlon qildi. Mustaqillik deklaratsiyasi katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |