ATR — birinchi qirimtatar tilidagi telekanal. 2006-yilning 1-sentyabridan Ukraina va uning Qirim Muxtor Respublikasi hududi, shuningdek kabel televideniyasi orqali dunyoning boshqa davlatlari hududida translatsiyasi boshlangan. Telekanalning asosiy tomoshabinlari qirimtatarlar hisoblanadi. Telekanalning 60% rus tilida, 35% qirimtatar tilida va 5% ukrain tilida faoliyat yuritadi.

2014-yil boshida Rossiya tomonidan Qirim hududini anneksiya qilishi oqibatida 2015-yilning 1-aprel kunidan ATR telekanali oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Telekanal faoliyati toʻxtalishi sabablari sifatida Qirim hududida kanal yangi registratsiyasi berilmagani boʻldi deb hisoblanadi.[1][2][3][4][5] Telekanal yopilishi Qirimdagi va boshqa davlatlardagi qirimtatarlar orasida katta shov-shuv va eʼtirozlarga sabab boʻldi.[6] 2015-yilning 17-iyunidan ATR telekanali Ukraina poytaxti Kiyevdan yana uzatila boshladi va kanal faoliyatini boshladi.[7][8]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir