AVO bank
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
"AVO bank" AJ – Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi zamonaviy raqamli bank. Bankning asosiy mahsuloti – foizsiz davrga ega AVO platinum kredit kartasi, har bir oʻzbekistonlik uchun butunlay yangi imkoniyatlarni taqdim etish va moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirishga yoʻnaltirilgan.
AVO bank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | ATB |
Litsenziyasi | №83[1][2] (02.07.2017) |
Faoliyati | Bank xizmatlari, kredit karta |
Asos solingan | 2017-yil |
Avvalgi nomi | Oʻzagroeksportbank |
Ustav kapitali | 200 mlrd. soʻm |
Rahbariyat | Popov Artyom Anatolyevich (Boshqaruv Raisi) |
Sayti | avo.uz |
AVO nomi – „havo“ soʻzining qisqartmasi hisoblanadi. „Havo vaznsiz, hamma joyda va toza boʻlganidek, bizning moliyaviy xizmatlarimiz ham ochiq, tushunarli va ulardan foydalanish oson“, – deyiladi kompaniya bayonotida.
Kompaniya „Oʻzbekistonda yetakchi chakana bank“ ni yaratishga kirishdi.
Tarixi
tahrir(Kompaniya 2023-yilgacha „Oʻzagroeksportbank“ nomi ostida faoliyat yuritgan)[3][4].
2023-yil „Oʻzagroeksportbank“ aksiyadorlari yigʻilishida bank nomini AVO bank („havo“ soʻzining qisqartmasi) nomiga oʻzgartirish uchun ovoz berildi.
„Oʻzagroeksportbank“ aksiyadorlari bank nomini oʻzgartirish va rebrending oʻtkazish qarorini maʼqulladi. Bu haqda 10-avgust kuni boʻlib oʻtgan aksiyadorlar yigʻilishi yakunlari yuzasidan qabul qilingan bank qarorida soʻz boradi. Endilikda bank „AVO“ kompaniyalari guruhi tarkibiga kiradi.
Kartomat va bankomatlar
tahrirAVO bank Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻz bankomat va kartomatlariga ega[5]. AVO bankomatlarida karta hisobini toʻldirish, naqd pul yechish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.
AVO bank plastik kartalarini ikki turdagi qurilma – kartomat va pochtomat yordamida mustaqil olish mumkin. Ularning manzili va ish vaqti, shuningdek, ularda karta bor yoki yoʻqligini bank ilovasida real vaqt rejimida koʻrish mumkin.
Bank kundalik bank operatsiyalaridan qulay foydalanishga yordam beradigan, tushunarli interfeys hamda zamonaviy dizaynga ega qurilmalarni taqdim etadi. Bu esa, oʻz navbatida, mijozlarga oʻz mablagʻlarini tez va oson boshqarish imkoniyatini yaratadi. Har bir oʻzbekistonlik AVO bank xizmatlaridan uydan chiqmasdan, tez va qulay foydalanishi mumkin.
Xizmatlar
tahrirAVO platinum kredit kartasi
AVO platinum kredit kartasi mijozlarga kundalik xarajatlar uchun foizsiz davrga ega kredit limitini garovsiz, sugʻurta va kafillarsiz olish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu kredit limiti yordamida imtiyozli davr mobaynida yillik 0% stavka bilan xaridlar amalga oshirish mumkin. Kredit kartadan Oʻzbekistonda va butun dunyo boʻylab istalgan savdo nuqtalarida: bozordan tortib supermarket va internet-doʻkonlargacha foydalanishingiz mumkin. Qarzga olingan mablagʻlarni qaytarish shartlari ham mijozlar uchun foydali qilib oʻylangan.
Shuningdek, AVO platinum kredit kartasidan nafaqat kredit karta sifatida, balki shaxsiy pullaringizni saqlash va sarflash uchun ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, kredit limiti avtomatik tarzda yangilanib boradi: qarzdorlik soʻndirilishi bilanoq limit qayta tiklanadi, yaʼni keyingi limitni olish uchun takroriy soʻrov yuborish shart emas.
AVO platinum kredit kartasi Mastercard xalqaro toʻlov tizimi asosida ishlaydi va barcha mijozlarga butun dunyo boʻylab Mastercard Priceless imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Mastercard Priceless – bu, Oʻzbekiston va butun dunyo boʻylab mukofot ballari va maxsus takliflarning moslashuvchan tizimi. Kundalik xaridlardan tashqari karta sizga sayohatlarda ham qoʻl keladi. AVO platinum kredit kartasi yordamida siz butun dunyo boʻylab xaridlar amalga oshirishingiz, avtomobillarni ijaraga olishingiz, mehmonxonalar uchun toʻlov va boshqa kerakli xarajatlarni amalga oshirishingiz mumkin. Muhimi, butun dunyo boʻylab amalga oshiriladigan xaridlarni endi qoʻshimcha valyuta ayirboshlash jarayonisiz, oʻzimizning soʻmda amalga oshirish mumkin.
AVO platinum kredit kartasi joriy qonunchilik va nazorat qiluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan standart xavfsizlik kafolatlarining barcha talablarga, jumladan, hisobga qoʻyilgan mablagʻlarni sugʻurtalash, shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi va bank sirlarini saqlash talablariga javob beradi. Shuningdek, Mastercard xalqaro toʻlov tizimidan foydalanganlik sababli mahsulot yuqori texnologiyali toʻlov va pul oʻtkazmalari xavfsizligi standartlarini saqlaydi.
AVO platinum kredit kartasi qator afzalliklarga ega:
- karta orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun imtiyozli davr mobaynida foiz hisoblanmaydi;
- 50 000 000 soʻmgacha individual kredit limiti ajratiladi;
- virtual karta bepul chiqariladi.
AVO platinum xalqaro premium kredit kartasi:
- Xalqaro karta. Oʻzbekistonda soʻmda, butun dunyo boʻylab esa qoʻshimcha valyuta ayirboshlash operatsiyalarisiz, avtomatik tarzda konvertatsiya qilinadi.
- Mablagʻlarning xavfsizligi. AVO platinum kredit kartasi Mastercard SecureCode xavfsizlik texnologiyasi bilan himoyalangan.
- Kartani bir zumda olish. Plastik kartani yaqin-atrofdagi AVO kartomat va pochtomatlaridan 30 soniyadan kamroq vaqt ichida olish mumkin. Qurilmalar joylashuvini AVO ilovasida koʻrish mumkin.
- Dunyo boʻylab sevimli xizmatlaringiz uchun toʻlovlar. Netflix, Spotify, eBay, chiptalar va koʻplab boshqa xizmatlar uchun onlayn-toʻlovlar amalga oshirish.
- Bepul rasmiylashtirish. AVO ilovasida bepul roʻyxatdan oʻtgan holda avtomatik tarzda AVO platinum virtual kredit kartasiga ega boʻlish va darhol karta imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
- Mastercard Priceless. Chet elda imtiyozlardan foydalanish, shu bilan birga, istalgan mamlakatda avtomobilni ijaraga olish imkoniyati.
AVO rasmiy mobil ilovasi
tahrirBankning rasmiy ilovasi – AVO, Android[6] va iOS[7] operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[8]. Ilovani App Store yoki Google Play’dan onlayn yuklab olish mumkin. AVO platinum kredit kartasini ochish uchun:
- AVO ilovasini yuklab oling va oʻrnating
- onlayn roʻyxatdan oʻting – pasport maʼlumotlaringizni kiriting va rasmga tushing
- virtual kartani ilovada bepul 2 daqiqada rasmiylashtiring
- karta tayyor boʻlishi bilanoq undan foydalanishingiz mumkin
AVO – smartfoningizdagi onlayn-bank
- bank xizmatlaridan uydan chiqmasdan foydalaning
- istalgan Humo va Uzcard kartalariga pul oʻtkazing
- kommunal, mobil aloqa va boshqa xizmatlar uchun toʻlovni 24/7 onlayn amalga oshiring
- barcha kartalarni bitta ilovada xavfsiz saqlang
Bank muassislari
tahrir„AVO.uz“ Mas’uliyati cheklangan jamiyati Qoʻshma korxonasi
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „“AVO BANK” aksiyadorlik jamiyati“. cbu.uz. Qaraldi: 20-dekabr.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedlit
- ↑ „Rivojlanish tarixi“. uaeb.uz. 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr.
- ↑ „Uzagroexportbank to be opened in Uzbekistan“. UzDaily.com (2017-yil 30-yanvar). Qaraldi: 20-dekabr.
- ↑ „Bankomatlar va kartani chiqarish punktlari“.
- ↑ „AVO — onlayn bank“.
- ↑ „AVO — onlayn bank“.
- ↑ „AVO platinum kredit kartasi, AVO bank“.