A Sparrow from the East
A Sparrow from the East (Sharqdan kelgan chumchuq) (arabcha: Usfur min Sharq) — misrlik mashhur yozuvchi Tavfiq al-Hakim tomonidan 1938-yilda yozilgan roman[1]. Unda arab Muhasinning Fransiyaning Parij shahridagi hayoti va uning Gʻarb zamonaviy hayot tarzi bilan tanishuvi hikoya qilinadi. Aytish mumkinki, Muhsin siymosi Tavfiqning 1925-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun Parijda yashagan kezlaridagi hayotiga oʻxshaydi[2].
Asl nomi | Usfur min Sharq |
---|---|
Muallif(lar) | Tavfiq al-Hakim |
Mamlakat | Misr |
Til | arabcha |
Janr(lar)i | roman |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1938-yil |
Mavzular
tahrir"Usfur" soʻzi chumchuq degan maʼnoni anglatadi, uni Sharqdan (Misr) Gʻarbga (Fransiya) tashrif buyuradigan sayohatchi deb talqin qilish mumkin. Al-Ajramiy va Al-Muhiesen roman haqida quyidagilarni taʼkidlab oʻtgan: „Romanning asosiy voqealari Ikkinchi Jahon urushi oldidan Fransiyada qashshoqlik va ishsizlik keng tarqalgan paytda Fransiyaning holatini tasvirlash maqsadida yaratilgan, shuning uchun u fransuzlarning oʻsha paytdagi jamiyatining haqiqiy koʻrinishini namoyish etadi. Biz roman koʻlamini hikoyachi va qahramon oʻrtasidagi muvaffaqiyatsiz ishq munosabatlari bilangina cheklab qoʻya olmaymiz, chunki uning asosiy mavzusi sharq bolasining Parijdagi sarosimali hayoti hamda Sharq va Gʻarb madaniyatlari oʻrtasidagi ziddiyat: tasavvur va asl voqelikdagi yurak va aql, maʼnaviyat va moddiylik orasidagi toʻqnash vaziyatlarni ifodalaydi. Roman oxirida Al-Hakim gʻarbdagi sanoatchilik, qullik va odamlarni tayyor robotlarga aylantirish oqibatlarini tanqid qiladi“[3].
Mulohazalar
tahrirHasanning soʻzlariga koʻra, "Al-Hakim bu romanida Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi ziddiyat, toʻqnashuv va boʻlinishni madaniyat va sivilizatsiya misolida ochib beradi. Unda qadimgi Sharq sivilizatsiyasining Yevropaga, Gʻarbning zamonaviy sivilizatsiyasining Sharqqa taʼsiri ifoda etilganidek, ular oʻrtasidagi oʻzaro madaniy aloqalar ham tasvirlangan… Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Tavfiq al-Hakim „A Sparrow from the East (Sharqdan kelgan chumchuq)“romanida bu ikki qahramon oʻrtasidagi dialoglar qatorida Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi madaniy masofani ifodalaydi va gʻarb madaniyatida uchraydigan har qanday xayrli ishlar Sharqdan olinganligini isbotlaydi. Lekin aslida Sharq Gʻarb bosib olganidan soʻng zamonaviy davrda oʻziga xos xususiyatlarini yoʻqotdi. Haqiqat shundaki, madaniy mustamlakachilik imperial mustamlakachilik bilan birgalikda sodir boʻlgan"[4].
Manbalar
tahrir- ↑ El-Enany, Rasheed (2000). „Tawfīq al-Ḥakīm and the West: A New Assessment of the Relationship“. British Journal of Middle Eastern Studies. 27-jild, № 2. 165–175-bet. doi:10.1080/13530190020000510. ISSN 1353-0194. JSTOR 826090.
- ↑ Hutchins, William M.. Tawfiq Al-Hakim: A Reader's Guide (en). Lynne Rienner Publishers, 2003. ISBN 978-0-89410-885-3.
- ↑ Al-Ajrami. „Translation and Stylistics: A Case Study of Tawfiq al-Hakeem's "Sparrow from the East"“ (English). Theory and Practice in Language Studies 1074–1080 (1-avgust 2018-yil).
- ↑ Hassan, Abul Mufid Md (2020). „Cultural clash between East and West as depicted in the novel 'A Sparrow from the East'“. Aut Aut Research Journal. 11-jild, № 10. 61-66-bet. ISSN 0005-0601.