A kapella (italyancha: „a cappella“) — cholgʻular joʻrligisiz xor tomonidan ijro qilinadigan musiqiy asar[1][2].

Oʻgʻil bolalar xori a kapella ijro etmoqda

Tarixi

tahrir
Yale Whiffenpoofs a kapella guruhi „Bright College Years“ qo‘shig‘ini ijro etmoqda

Professional xor sanʼati uslubi sifatida oʻrta asrlarda katolik cherkovidagi diniy marosimlarda yuzaga kelgan. Niderland maktabi namoyandalari, Italiya kompozitorlari (J. Palestrshsh va b.) ijodida oʻz choʻqqisiga koʻtarilgan. Uygʻonish davridan boshlab kapella uslubi dunyoviy xonandalik sanʼatida, xususan, madrigal turidagi xonaki vokal janrida rivojlandi. Unda inson ovozining boyligi va goʻzalligi toʻla namoyon boʻlgani uchun turli davr kompozitorlarining bu uslubga qiziqishi kuchayib borgan (F. Shubert, I. Brams, B.Bartok, S. Taneyev, G. Sviridov va b.). Mazkur uslubda kuylash bolgar, gruzin, rus, eston va boshqa xalqlar ijodida ham keng tarqalgan.

Oʻzbekistonda 1940-yillardan rivojlanishni boshlagan. A kapella janri asoschisi Mutal Burhonov hisoblanadi. Uning anʼanalarini Oʻrta Osiyo kompozitorlari va oʻzbek kompozitorlaridan Sobir Boboyev, M. Nasimov, Ikrom Akbarov, Botir Umidjonov, Mustafo Bafoyev va boshqalar davom ettirishgan[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. „A kapella“ OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil