Wäinö Aaltonen
(Aaltonen Vyaynyo Valdemardan yoʻnaltirildi)
Aaltonen Vyaynyo Valdemar (fin: Wäinö Aaltonen, 8-mart, 1894, Sankt-Mortens, Finlandiya Buyuk knyazligi — 30-may, 1966, Xelsinki, Finlandiya) — fin haykaltaroshi.
Psixologik portretlar („Y. Sibelius“, marmar, 1935, Sibelius uy-muzeyida), haykallar („Qizlar“ turkumi, granit, 1917—41) muallifi; monumental va bezak haykallar ustasi (A. Kivi haykali, bronza, 1932—1934, Xelsinki; monumentlar —"Doʻstlik", bronza, 1952; „Tinchlik“, granit, 1950—52; Laxtida, Tinchlik Oltin medali, 1953 va boshqalar). Shuningdek u rassom va medal yasash ustasi sifatida ham ijod qilgan. Aaltonen ijodi insonparvarligi, gʻoyadagi tuygʻuruhiyatning aniqligi bilan ajralib turadi.
Adabiyotlar va manbalar roʻyxati
tahrir1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |