Abaete (daryo)
Abaete (portugalcha: Rio Abaeté — Braziliya janubi-sharqidagi Minas-Jerays) shtatidagi daryo. Daryo San-Gottardo munitsipalitetining gʻarbiy qismidan boshlanadi, keyin shimolga oqib, San-Fransisko daryosiga quyiladi. Abaete daryosining mansabidagi hudud baliqlar uchun muhim urugʻlanish joyidir[1].
Abaete (daryo) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 270 |
Davlat | Braziliya |
Geografiyasi
tahrirAbaete daryosining uzunligi 270 kilometr, kengligi 61 metrdan 150 metrgacha[2]. Bu baland togʻ daryosi boʻlib, tubi toshli, gil yotqiziqlari uchraydi, koʻp sonli sharsharalari bor[3]. Daryo Minas-Jerays shtatining toʻqqizta munitsipaliteti hududidan oqib oʻtadi[4]:
- San-Gotardu;
- Riu Paranaiba;
- Matutina;
- Arapua;
- Tirus;
- Karmu du Paranaiba;
- Patus di Minas;
- Varjan di Minas;
- San-Gonzalu-du-Abaete.
Geologiyasi
tahrirOlmoslar daryoda birinchi marta 1780-1785-yillarda topilgan. Braziliyada topilgan eng yirik olmoslardan baʼzilari bu yerda topilgan, ammo oʻrta va past sifatli toshlar koʻproq uchraydi. 1791-yilda bir guruh oltin izlovchilat daryoda „Abaete olmosi“[5] deb nomlanuvchi olmos topgan.
Granat, oltin, iridiy, yashma, osmiy va platinadan tashqari daryo shagʻalida yana 30 ta mineral mavjud[2]. Abaete daryosida joylashgan palladiysiz platina kuchli magnit xususiyatlarga ega va temirga boy[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Migration and spawning of radio-tagged zulega Prochilodus argenteus in a dammed brazilian river“ (en) (deadlink). American Fisheries Society. 2012-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- ↑ 2,0 2,1 Oakenfull J. C.. Brazil in 1912. R. Atkinson, 1913 — 322-bet.
- ↑ „Chapter 5. MIGRATORY FISHES OF THE SÃO FRANCISCO RIVER“ (en) (deadlink). The International Development Research Centre. 2010-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart. (Wayback Machine saytida 2010-06-12 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Sistema Estadual de Meio Ambiente e Recursos Hídricos — Minas Gerais“ (pt). idesisema.meioambiente.mg.gov.br. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- ↑ Burton R. F.. Explorations of the Highlands of the Brazil: With a Full Account of the Gold and Diamond Mines. Also, Canoeing Down 1500 Miles of the Great River São Francisco, from Sabará to the Sea. Tinsley brothers, 1869 — 153-bet.
- ↑ Bulletin of the Pan American Union. International Bureau of the American Republics, 1908 — 529-bet.