Minas-Jerais — Braziliyaning jan.-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 588,3 ming km². Aholisi 17,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Belu-Orizonti shahri Yirik shaharlari: Juisdi-Fora, Governador-Valadaris, Uberlandiya va boshqa Braziliya yassitogʻligining eng baland (balandligi 2890 m, Serrade-Mantikeyra) sharqiy qismini egallagan. M.-J.ning markaziy qismida shim.dan janubga tomon shtatning asosiy mineral resurelari toʻplangan Serra-du-Espinyasu tizmasi choʻzilgan. Yirik daryolari SanFransisku, Riu-Dosi, Riu-Grandi, Paranaiba va boshqa Ikdimi tropik iqlim, yozi issiq va qishi quruq va iliq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16°, yanvarniki 25°, yillik yogʻin shim. va shimoli-sharqida 1000–1250 mm dan jan.da 2000 mm gacha. Oʻsimlik dunyosi sernam doim yashil togʻ tropik oʻrmonlaridan hamda butali oʻrmon va savannalardan iborat. M.-J. iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan shtatlardan. Mamlakatning asosiy konchilik (por-tugalcha minasgerais — asosiy konlar; shtat nomi shundan) va metallurgiya sanoati rivojlangan rayoni. M.-J.da 17—18-asrlarda dastlabki olmos va oltin konlari topilgan. Shtatda radioaktiv elementlarga boy rudalar, boksit, marganets rudalari, sirkon, berill, molibden, nikel, niobiy, tantal, vanadiy, kobalt, grafit, mi-shyak, slyuda, olmos, oltin va boshqa foydali qazilmalarning yirik zaxiralari bor. Rangli metallurgiya sanoati rivojlangan Oru-Pretu va Posusdikaldas shaharlarida alyuminiy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik, metal-lsozlik, neft kimyosi, sement, oyna-keramika, yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari bor. Oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq. Asosiy ekinlari: sholi, makkajoʻxori, dukkaklilar, maniok, janubi-sharqida — kofe, shakarqamish, tamaki, sitrus mevalar. Chorvachilik rivojlangan. SanFransisku va uning irmoqlarida kema katnaydi.[1]

Minas-Jerais
portugalcha: Minas Gerais

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Belu-Orizonti
YAIM (2005) R$192,611 mlrd.  (3-oʻrin)
Aholi (2010) 19 597 330 kishi
Zichligi 33,41 kishi./km²
Maydoni 586 520,4 km² (4-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-MG
Rasmiy sayti http://www.mg.gov.br www.mg.gov.br
Xaritada
Minas-Jerais xaritada
Minas-Jerais, Xarita
19°49′0″S 43°57′0″W / 19.81667°S 43.95000°W / -19.81667; -43.95000

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil