Abay dashti – Oltoydagi tektonik soylik. Shimolidan Terekti tizmasi va janubidan Xolzun tizmasi bilan oʻralgan; bu dashtdan Koksa va Abay daryolari oqib oʻtadi (Katun daryosi havzasi). Uzunligi 25 km. Dengiz sathidan 1100 m balandlikda joylashgan. Tuprogʻi qora tuproq. Bir qismi ekinzorlar, asosan yaylov[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil