Abbos Rahmonov
Abbos Zafar oʻgʻli Rahmonov (1998-yil 7-iyul, O'zbekiston) — oʻzbekistonlik erkin kurashchi, 61 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida ishtirok etad. XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, kurash boʻyicha Osiyo chempionati bronza medali sovrindori, kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni.
Abbos Zafar oʻgʻli Rahmonov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
7-iyul 1998-yil Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Erkin kurash |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Bishkek 2018 | 61kg gacha |
Bronza | Ulan-Bator 2022 | 65kg gacha |
Sportdagi faoliyati
tahrir2015-yilda Sarayevoda (Bosniya va Gersegovina) boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 54 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali uchun kurashda amerikalik Deyton Fiksga yutqazib qoʻydi[1].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 57 kg vazn toifasida kubalik kurashchi Yovlis Bonnet bilan dastlabki raundda kuch sinashadi, ammo magʻlubiyatga yuz tutadi[2].
2018-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 61 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yarim finalda yaponiyalik kurashchi Kazuya Koyanagiga imkoniyatni boy berib qoʻygandi. U tasalli raundda hindistonlik kurashchi Sharvan Sharvanni ustidan gʻalaba qozondi va shu tariqa turnirning bronza medalini qoʻlga kiritdi[3]. Nyu-Dehli (Hindiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Rahmonov 61 kilogrammgacha boʻgan vazn toifasida finalda qozogʻistonlik polvon Talgat Sirbazdan qoʻli baland keldi[4].
2019-yilda Nur-Sulton (Qozogʻiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 61 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u chorak finalda rossiyalik kurashchi Magomedrasul Idrisovga imkoniyatni boy berib qoʻygandi. Tasalli berish raundida Rahmonov avvaliga belaruslik raqibi Andrey Bekrenevni magʻlub etdi, keyin esa eronlik kurashchi Benam Ehsanpurga imkoniyatni boy berib, bor-yoʻgʻi beshinchi oʻrinni egallaydi[5].
2022-yilgi Osiyo chempionatida Abbos Rahmonov 65 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Navoiylik polvon bu bosqichda 9:0 hisobida bahraynlik Xoji Ali ustidan gʻalaba qozonadi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Хасанбой Рахимов принес Узбекистану еще одно «серебро» ЧМ среди юношей“ (ru). https://uznews.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Men's Freestyle 57 kg“. web.archive.org (2016-yil 22-sentyabr). 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „2018-03/results_02_bishkek“.
- ↑ „International Wrestling Database“. www.iat.uni-leipzig.de. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „2019-09/nur-sultan_kz_final-book“.
- ↑ Аббос Рахмонов во второй раз поднялся на пьедестал почёта на ЧА Sprts.uz