Mutallib Abbosov

oʻzbekistonlik teatr rassomi
(Abbosov Mutallibdan yoʻnaltirildi)

Mutallib Abbosov (1924-yil Namangan – 1982-yil) – teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent badiiy oʻquv ishlab chiqarish kombinatida tahsil olgan (1939-1941). 1941-yildan Namangan teatrida rassom, bosh rassom. Dastlab etnografik aniqlik yaratish yoʻlidan borgan Abbosov ijodida badiiy obrazlilik asosiy tamoyilga aylanadi, uning har bir spektakli oʻziga xos badiiy yechimi bilan ajralib turadi. „Nurxon“, „Otello“ (1954), „Gang daryo-sining qizi“ (1956), „Ravshan va Zulxumor“, „Qirol Lir“ (1959) va boshqa 60-70-yillarda „Sarvqomat dilbarim“, „Guli siyoh“, „Navoiy Astrobodda“, „Layli va Majnun“, „Halima“, „Mashrab“, „Yusuf va Zulayho“ kabi spektakillarga sahna bezaklari yaratdi. Abbosov rangtasvir, mahobatli haykaltaroshlik („Motamsaro ona“ haykali, Namanganda) sohasida ham ijod qilgan.

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir